Xarkivda yangi mudofaa chizig‘i va Donbassdagi merganlar. Urush suratlari
Ukrainada urushning 671-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Ukraina qurolli kuchlari Feodosiyada «Novocherkassk» yirik desant kemasi yo‘q qilingani haqida xabar berdi. Rossiya mudofaa vazirligi kemaga hujum faktini tasdiqlagan korabl va ukrainlarning raketa uchirgan ikki samolyoti urib tushirilganini ma’lum qilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda hujum oqibatida butkul yakson etilgan kema qoldiqlari suratlari tarqalgan. 33 nafar dengizchi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
- RF mudofaa vaziri Sergey Shoygu «maxsus harbiy amaliyot»ning 2023 yildagi asosiy maqsadi ukrainlarning qarshi hujumini bardod qilish bo‘lganini va bu vazifa bajarilganini ma’lum qildi.
- Ukraina Oliy radasiga safarbarlik qoidalarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi kiritildi. Unga ko‘ra, chaqiruv qog‘ozini elektron shaklda yetkazish, harbiy xizmatdan bo‘yin tovlovchilarning huquqlarini cheklash ko‘zda tutilgan.
- Ukraina QK bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy ukrain harbiylari Donetsk oblastining Maryinka shahridan chekinganini tasdiqladi. Rossiya ushbu shahar egallangani haqida 25 dekabr kuni e’lon qilgan, ukrain tomoni bu ma’lumot «to‘g‘ri emasligi»ni bildirgandi.
- Turkiya parlamentining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zoligini qo‘llab-quvvatladi. Endi protokol butun parlament tomonidan tasdiqlanishi kerak, ammo ovoz berish kuni hozircha aniq emas. Turkiya bir yarim yildan oshiq vaqt davomida Shvetsiyaning alyansga qabul qilinishiga qarshi bo‘lib kelayotgandi.
Ukraina qurolli kuchlarining Xarkiv ostonasidagi mudofaa liniyasi
Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastida yurish qilishda davom etmoqda. Buni sekinlashtirish uchun so‘nggi oylarda ukrain harbiylari bu yo‘nalishda yangi mudofaa chizig‘ini barpo etishdi — 19 dekabr kuni yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida Volodimir Zelenskiy uni butun Ukrainadagi «eng kuchli» mudofaa chizig‘i deb atadi. Mudofaa chizig‘i temir beton boshpanalar, «ajdarho tishlari», tankka qarshi ariqlar, blindajlar va boshqa mudofaa istehkomlaridan tarkib topgan.

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi ukrain merganlari

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA



Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Urush boshida halok bo‘lgan ukrain askarining dafn marosimi

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainada Rojdestvo

Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA

Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Kateryna Klochko / EPA / Scanpix / LETA

Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA

Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Kostya Liberov / Libkos / Getty Images

Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Zaporijjya oblastidagi ukrain artilleriyachilari

Yakiv Liashenko / EPA / Scanpix / LETA
Horlivka o‘qqa tutilishi oqibatlari

AFP / Scanpix / LETA

Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

13:57
Tramp: AQSh Ukraina bilan bitimdan 350 mlrd dollardan ko‘proq mablag‘ oladi

10:55
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi

07:48
AQSh va Ukraina tabiiy resurslar bo‘yicha kelishuv imzoladi

20:47 / 30.04.2025