Argentinaning yangi hukumati BRICS a’zosi bo‘lishni istamadi
Prezident ma’muriyati BRICS tashkilotiga a’zolik iqtisodiy foyda keltirmaydi deb hisoblamoqda.

Foto: Reuters
Argentina prezidenti Xaviyer Miley BRICS a’zolariga yo‘llagan rasmiy maktublarida «hozir bu noo‘rin» ekanini ta’kidlab, ushbu assotsiatsiyaga qo‘shilishdan bosh tortganini ma’lum qildi.
Maktubda aytilishicha, avvalgi hukumatning «ayrim qarorlari», jumladan, mamlakatning BRICS tashkilotida faol ishtirok etishi uchun ixtisoslashtirilgan bo‘linma tashkil etilishi qayta ko‘rib chiqiladi.
Prezident ma’muriyati BRICS tashkilotiga a’zolik iqtisodiy foyda keltirmaydi deb hisoblamoqda. Chunki ishtirokchi davlatlar bilan har qanday tijorat aloqalarini tashkilotga qo‘shilish zaruratisiz ikkitomonlama kelishib olish mumkin.
Hozir BRICS tarkibiga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika kiradi. 2022 yil yozida Argentina hukumati sobiq prezident Alberto Fernandes davrida ittifoqqa qo‘shilish uchun ariza berdi. Biroq, Miley saylovoldi dasturida buni rad etishini aytdi.
2023 yil avgust oyida BRICS mamlakatlari Argentinani rasman taklif qilishdi. Noyabr oyi oxirida Xaviyer Miley mamlakat prezidenti bo‘ldi, shundan so‘ng uning yangi hukumati BRICS tashkilotiga qo‘shilmasligini ma’lum qildi.
Avgust oyida Janubiy Afrikada o‘tkazilgan alyans sammitidan so‘ng, Argentina bilan bir qatorda yana beshta davlat – Saudiya Arabistoni, BAA, Misr, Efiopiya va Eron 2024 yilning 1 yanvarida BRICS safiga qo‘shilish taklifini olgan edi.
Mavzuga oid

20:13 / 02.05.2025
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

16:59 / 29.04.2025
Argentinadan boshpana topgan natsistlarga oid hujjatlar maxfiylikdan chiqarildi

22:31 / 28.04.2025
BRICS yangi valuta yaratishni rejalashtirmayapti

20:58 / 01.04.2025