Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘izistonda bandit, uyushgan jinoiy guruhlar, kriminal avtoritetlar bo‘lmaydi – Tashiyev
Shuningdek, mamlakatda korrupsiya va poraxo‘rlikka ham barham berilishi ta’kidlandi.

Foto: 24.kg
Bundan buyon Qirg‘izistonda bandit, uyushgan jinoiy guruhlar va kriminal avtoritetlar bo‘lmaydi, dedi mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda uyushgan jinoiy guruhlar va korrupsioner mansabdor shaxslarga qarshi kurashish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirilgan.
«Davlatimiz qonuniy, huquqiy va erkin bo‘ladi. Agar uyushgan jinoiy guruhlar qolgan bo‘lsa, 2024 yilda hammasini butunlay yo‘q qilamiz», dedi Tashiyev.
Shu bilan birga u «qonunga bepisand o‘g‘ri», «hudud nazoratchisi», «hukmdor» kabi kriminal olam tushunchalari endi qo‘llanmasligini qo‘shimcha qildi.
«Bunday so‘zlar endi bo‘lmaydi, biz ulardan foydalanishni to‘xtatamiz. Ozodlikdan mahrum qilish joylarida tartib o‘rnatamiz», dedi Tashiyev.
U 2023 yilda korrupsiyaga qarshi kurash yaxshi natijalar berganini qayd etdi. Ayni paytda, Qamchibek Tashiyevga ko‘ra, davlat idoralaridagi korrupsion sxemalar deyarli yo‘q qilingan.
«Bu yo‘nalishdagi ishlar davom etadi», deb xulosa qildi u.
Shu bilan birga, Tashiyev endi huquq-tartibot va harbiy sohada poraxo‘rlikka barham berilishini ta’kidladi.
«Biz poraxo‘rlikni butunlay to‘xtatishimiz kerak. Harbiy kiyimni kiyib, Vatanga qasamyod qilgan bo‘lsangiz, xizmatingizni qiling. Ammo o‘zingiz qonunlarni buzsangiz, korrupsiyaga aralashsangiz, Vatanga qasamyodingizni buzasiz», dedi Tashiyev.
U qonunlarni buzmaslikka, pora olish va berishni bas qilishga chaqirdi.
«Bundan buyon qonunlarni buzmang. Poraxo‘rlikni butunlay to‘xtatishimiz kerak, ayniqsa, lavozimga tayinlash va rotatsiyalarda», deb qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid

18:40 / 31.07.2025
O‘zbekiston prezidentining Qirg‘izistonga davlat tashrifi kutilmoqda

13:53 / 30.07.2025
Qirg‘izistonda xalqaro internet-trafikka monopoliya joriy etilyapti

21:43 / 29.07.2025
Qirg‘izistonda sudlanganlarga muhim davlat lavozimlarini egallash taqiqlandi

19:19 / 28.07.2025