Chiqindi yig‘ish maydonchalarida qayta ishlanadigan chiqindilar sotib olinadi
Toshkent va bir necha viloyatlarda maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish boshlanadi. Aholiga bepul chiqindi paketlari beriladi. Fuqarolarga qayta ishlanadigan chiqindilar uchun pul to‘lash rejalashtirilmoqda.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro va Termiz shaharlarida hamda Toshkent tumanidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlardagi chiqindi yig‘ish maydonlarida “qayta ishlanadigan” toifaga mansub chiqindi turlari sotib olish yo‘li bilan qabul qilinadi.
“Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga ko‘ra, qattiq maishiy chiqindilarni saralash tizimini bosqichma-bosqich tashkil etish uchun 2024—2026 yillarda Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro va Termiz shaharlarida hamda Toshkent tumanidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlardagi chiqindi yig‘ish maydonchalarida chiqindilarni “qayta ishlanadigan”, “qayta ishlanmaydigan” va “oziq-ovqat” toifalariga ajratgan holda yig‘ish tashkil etiladi.
2024 yil 1 iyulga qadar mazkur hududlarda xizmat ko‘rsatuvchi sanitar tozalash korxonalari tomonidan chiqindilarni toifalariga ajratgan holda to‘plashi uchun quyidagi turdagi maxsus (QR-kod — matritsali shtrix kodli) chiqindi paketlari bilan fuqarolar bepul ta’minlanadi:
- qayta ishlanadigan maishiy chiqindilar uchun — shaffof, rangsiz;
- qayta ishlanmaydigan maishiy chiqindilar uchun — qora rang;
- oziq-ovqat chiqindilari uchun — jigarrang.
Qayta ishlanadigan qattiq maishiy chiqindilar chiqindi yig‘ish maydonchalarida sanitar tozalash korxonalari tomonidan sotib olinadi.
Ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlarda chiqindi yig‘ish maydonlarida sotib olish yo‘li bilan qabul qilinadigan “qayta ishlanadigan” toifaga mansub chiqindi turlari:
- plastik chiqindilarning barcha turlari;
- qog‘oz chiqindilar, makulatura;
- qora va rangli metall chiqindilari va lomlar;
- ishlatilgan shisha mahsulotlari va chiqindilari;
- to‘qimachilik materiallari chiqindilari;
- rezina va rezinatexnika mahsulotlari chiqindilari.
Tavsiya etamiz
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
«Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston» temiryo‘l tunneli qurilishi boshlandi
Jahon | 17:12 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp va Zelenskiyning Vatikandagi 15 daqiqalik suhbati tafsilotlari ma’lum qilindi
Jahon | 18:55
-
Reytinglar qulamoqda – amerikaliklar Donald Trampning birinchi 100 kunini baholadi
Jahon | 18:45
-
«Biz endigina boshladik». Tramp prezidentligining dastlabki 100 kunidagi yutuqlari bilan maqtandi
Jahon | 18:44
-
Italiyada milliarder Maykl Linchning cho‘kib ketgan superyaxtasi suv tubidan olib chiqiladi
Jahon | 18:29
Mavzuga oid

11:08 / 14.04.2025
Birminghemda chiqindi yig‘uvchilarning ish tashlashi: hukumat qo‘shinlarni jalb qildi

23:07 / 02.04.2025
Germaniyada chiqindini kim noto‘g‘ri saralayotganini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalanish boshlandi

11:35 / 01.04.2025
Bojxona organlari faoliyati samaradorligini oshirishning maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi

15:11 / 26.03.2025