O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan ayrim tovarlar bojxona bojidan ozod qilindi
2024 yil 1 martdan 2026 yil 1 martgacha tadbirkorlar tomonidan O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan qator tovarlar bojxona boji to‘lanishidan ozod etiladi.

Foto: Kun.uz
“Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2024 yil 1 martdan 2026 yil 1 martgacha tadbirkorlar tomonidan O‘zbekiston hududiga olib kiriladigan o‘xshashi respublikada ishlab chiqarilmaydigan quyidagi tovarlar bojxona bojlari to‘lanishidan ozod etiladi:
- mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalari, savdo-ko‘ngilochar majmualarini qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, mebel va inventarlar, qurilish materiallari va boshqa materiallar;
- cho‘milish havzalari (basseyn) va akvaparklar uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar, jihozlar, turniketlar, to‘lov-ma’lumot terminallari, videokuzatuv tizimlari, yangi zamonaviy energiya tejovchi tizimlar, maxsus suv tozalash filtrlari;
- turizm markazlarida joylashgan zargarlik va oltin mahsulotlari chakana savdosi do‘konlari faoliyatini tashkil qilish uchun kerak bo‘ladigan qurilish (rekonstruksiya va modernizatsiya qilish) materiallari, asbob-uskunalar va texnologiyalar.
Mo‘ynoq va Zomin aeroportlariga parvozlar amalga oshirilganda 23 yoshgacha bo‘lgan yoshlar, yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun aviayo‘lovchilar chiptalarini sotish 50 foizlik imtiyozli tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi hamda yo‘lovchi tashuvchi kompaniyalarning ushbu imtiyoz taqdim qilish bilan bog‘liq xarajatlari budjet hisobidan qoplab beriladi.
Mehmonxona va turizm xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha davlat aktivlarini savdoga chiqarishda xarid to‘lovlarini, miqdoridan qat’i nazar, 5 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutiladi hamda 3 oydan ortiq muddat sotilmasdan turgan aktivlarning boshlang‘ich bahosini 30 foizgacha pasaytirish, zarur hollarda, balans (qoldiq) qiymatida sotish choralari ko‘rib boriladi.
Mavzuga oid

07:52 / 15.04.2025
Faqat birja orqali sotiladigan tovarlar ro‘yxati kengaytirildi

11:15 / 11.04.2025
Tramp Xitoy uchun bojlarni 145 foizgacha oshirdi

11:25 / 10.04.2025
Bozorlar AQSh bojlarida 90 kunlik tanaffusga o‘sish bilan reaksiya bildirdi

09:24 / 10.04.2025