“Paxtakor”ni xususiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi
“Paxtakor futbol klubi” MChJning 100 foiz davlat ulushini sotish bo‘yicha ommaviy savdo jarayonlari vaqtinchalik to‘xtatildi.

Foto: Tribuna.uz
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabariga ko‘ra, “jamoatchilik tomonidan bildirilgan fikrlarni o‘rgangan holda” shunday qarorga kelingan.
Agentlik “Paxtakor”ning xususiylashtirilishi haqida kecha, 17 yanvar kuni e’lon bergan edi.
Xaridorga quyidagi talablar qo‘yilishi ma’lum qilingandi:
- futbol klubining faoliyatini saqlab qolish, rivojlantirish va xalqaro darajaga olib chiqish;
- futbol klubi balansidagi barcha sport obektlaridan, shu jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanish;
- “Paxtakor” futbol klubi akademiyasi faoliyatini saqlab qolish va rivojlantirish.
“Paxtakor” xususiylashtirilishi e’lon qilingach, Toshkent shahri markazidagi 24 gektardan ziyod maydonni egallagan stadion va sport infratuzilmasi ham klub bilan birga qo‘shib sotilishi tanqidlarga sabab bo‘layotgan edi.
Mavzuga oid

17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

20:36 / 28.04.2025
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

23:15 / 26.04.2025
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti

10:56 / 24.04.2025