Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elchisi UNIDO huzurida akkreditatsiyadan o‘tdi

Foto: Dunyo
O‘zbekistonning BMT Sanoatni rivojlantirish tashkiloti (UNIDO)dagi doimiy vakili Baxtiyor Ibragimov tashkilot bosh direktori Gerd Myuller bilan uchrashuv o‘tkazdi va unga o‘zining ishonch yorlig‘ini topshirdi.
«Dunyo» xabariga ko‘ra, suhbat chog‘ida UNIDO tomoniga mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, «O‘zbekiston – 2030» strategiyasining mazmun-mohiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi. Tomonlar sanoatni rivojlantirish bo‘yicha respublikada amalga oshirilayotgan loyihalar xususida fikr almashdi.
Hozirgi kunda UNIDO O‘zbekistonda tekstil sanoatini modernizatsiya qilish, eko-sanoat parklarini rivojlantirish, energetika sohasida iqlim o‘zgarishi ta’sirini va suv tanqisligini kamaytirish hamda Orol dengizi hududlarini tiklash va muhofaza qilish uchun geografik axborot tizimlarini qo‘llash kabi loyihalarini amalga oshirmoqda.
«Yashil» energetika, ekologiya, agrobiznes va tog‘-kon sanoati sohalarida loyihalarni ishlab chiqish o‘zaro hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida ko‘rilmoqda.
Muloqot natijasida tomonlar o‘zaro manfaatga asoslangan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga kelishib oldi.
2023 yil 21 noyabr kuni O‘zbekistonning yangi elchisi Baxtiyor Ibragimov Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh 8 avgustgacha Ukrainada tinchlik o‘rnatishga chaqirdi
Jahon | 15:28
-
Yil boshidan beri qancha ayolga himoya orderi berilgani aytildi
Ayollar dunyosi | 15:25
-
AQSh Putinga yaqin shaxslar bilan Ukraina haqida gaplashdi: hech qanday o‘zgarish yo‘q
Jahon | 14:54
-
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:54
Mavzuga oid

17:25 / 07.03.2025
O‘zbekistonning Slovakiyadagi birinchi elchisi tayinlandi

20:52 / 31.01.2025
O‘zbekistonning Albaniyadagi birinchi elchisi tayinlandi

18:35 / 01.09.2024
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi etib tayinlandi

19:47 / 13.06.2024