Ukraina bo‘ylab zarbalar oqibatlari va ko‘r bo‘lib qolgan ukrain askarlari. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 773-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- Rossiyalik harbiylar Zaporijjyani o‘qqa tutdi. To‘rt kishi halok bo‘lib, 20 dan ortiq kishi yaralangan.
- Rossiya mudofaa vazirligi beshta region uzra ukrainlarning 53 ta droni to‘xtatilgani haqida hisobot berdi.
- Ukraina nashrlari dronlar RFning uchta regionidagi aerodromlarga hujum qilgani haqida xabar berdi. Ularning ma’lumotiga ko‘ra, jami 19 ta samolyot yo‘q qilingan yoki zarar yetkazilgan.
- Rossiya Olimpiya qo‘mitasi rahbari Parij Olimpiadasida neytral maqomda ishtirok etishni rejalashtirgan rossiyalik tennischilarni «chet el agentlari jamoasi» deb atadi.
- Yaponiya Rossiyaga 164 turdagi mahsulotlar eksportini hamda mamlakatga Rossiya olmosini olib kirishni taqiqladi.
- Chexiya hukumati Rossiya Yevropa temiryo‘llariga kiberhujumlar uyushtirgani haqida ma’lum qildi.
- The New York Times xabariga ko‘ra, Ukraina bu yozdagi sammitda NATO a’zoligi uchun taklif olmaydi. Bunga AQSh va Germaniya qarshi bo‘lgan.
Xarkiv o‘qqa tutilishi
6 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shini Xarkiv bo‘ylab zarbalar berishi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan. Ukraina qurolli kuchlari qo‘mondonligi zarba Shahed rusumli 32 ta dron bilan berilgan, shundan 28 tasi yo‘q qilingan. Shuningdek, hujumda X-101/X-555 rusumli ikkita qanotli raketa hamda «Kalibr» raketasidan foydalanilgan. Xarkiv oblasti ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubovning so‘zlariga ko‘ra, zarba natijasida faqat fuqarolik obektlari shikastlangan, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bular to‘qqizta ko‘p qavatli uy, uchta yotoqxona, boshqa binolar, avtomobillarga yonilg‘i quyish stansiyasi hamda o‘nta avtomobil.
RF mudofaa vazirligi Xarkiv bo‘ylab zarbalarni izohlamagan, ammo shu kuni Belgorodga raketa zarbasi haqida xabar bergan. Region gubernatori Vyacheslav Gladkov «shaharga kirish joyida 10 ta havo nishoni yo‘q qilingani» haqida xabar bergan, ammmo hujum oqibatida kamida 12 ta ko‘p kvartirali uylar, bolalar poliklinikasi, sport kompleksi va tijorat korxonalari shikastlangani aytilgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yo‘q.
Xarkiv oblastiga zarbalar keyingi kuni ham davom etdi: 7 aprelga o‘tar kechasi berilgan zarba oqibatida uch kishi jarohatlanib, 10 ta xususiy uy, bolalar bog‘chasi, uchta besh qavatli uy hamda uchta avtomobil shikastlangan, deya xabar beradi Oleg Sinegubov. Rossiya qo‘shini Xarkiv oblastining Kupyansk shahridagi turar joyga ham zarba bergan, natijada 85 yoshli ayol halok bo‘lgan.

Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA

Anton Shtuka / Reuters / Scanpix / LETA
Ivano-Frankovsk oblastidagi energetika infratuzilma obektlariga zarba oqibatlari
5 aprel kuni Ivano-Frankovsk oblastida olingan fotosuratlarda Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilma obektlari bo‘ylab zarbalari oqibatlari aks etgan. 29 martga o‘tar kechasi Rossiya armiyasi Ukrainaning bir qancha regionlarida issiqlik va gidroelektrstansiyalarga jami 99 raketa va dron uchirgandi — o‘shanda Ivano-Frankovsk oblastida ham muhim infratuzilma obektlari shikastlangan.


Igor Tkachenko / EPA / Scanpix / LETA


Ko‘r bo‘lib qolgan askarlar Lviv oblastida tiklanish jarayonini o‘tamoqda
Ukrainaning Lviv oblasti Yavoriv shahridagi G‘arbiy reabilitatsiya-sport markazida Ukraina qurolli kuchlarining harbiy harakatlar vaqtida ko‘rish qobiliyatini yo‘qotgan harbiylari tiklanish jarayonidan o‘tmoqda. Markaz 2015 yilda ochilgan. O‘shanda Donbassdagi urush faxriylariga ukrainalik paralimpiyachilar yordam ko‘rsatishgan.

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images


Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images

Kostiantyn Liberov / Libkos / Getty Images
Ukrainalik artilleriyachilar «Grad» tizimi bilan

Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlarining Donbass shimolidagi tibbiyot punkti
Ukraina qurolli kuchlari askarlari Donbass shimolidagi stabilizatsiya punktida yordam olishadi. Stabilizatsiya punkti — jang maydonida yaralangan harbiylar olib kelinadigan birinchi manzil. Bu yerda tibbiyot xodimlari yaradorlarga kechiktirib bo‘lmas yordamlarni ko‘rsatadi, shifoxonalarga davolanishga yuborishdan oldin ularning holatini barqarorlashtiradi. Ushbu stabilizatsiya punkti 63-alohida mexanizatsiyalashgan brigada tomonidan boshqariladi. Brigada rasman 2017 yil 23 iyulda tashkil etilgan, u 2014 yildan boshlab Donetsk va Luhansk oblastlarida aksilterror amaliyotlarda ishtirok etgan «Zapad» operativ qo‘mondonligi harbiylaridan tuzilgan.





Sankt-Peterburgdagi plakat

Mavzuga oid

01:02
«Men Ukrainani qutqaryapman» - Tramp

17:19 / 29.04.2025
Reuters: Razvedka Trampga Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylar qurshovda emasligini ma’lum qilgan

15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

11:48 / 29.04.2025