Marsga yuborilgan birinchi odamlar orqaga qaytmaydi – Mask
Ilon Mask Mars sayyorasini kolonizatsiya qilish jarayoni haqidagi rejalari bilan o‘rtoqlashdi. «Bu faqat bir tomonga mo‘ljallangan chipta», dedi u.

SpaceX asoschisi Ilon Mask Marsga boradigan birinchi odamlar hech qachon Yerga qaytmasligini tasdiqladi. Bu haqda u Texas shtatidagi SpaceX bazasida o‘tkazilgan taqdimot chog‘ida gapirdi. Milliarder o‘z kompaniyasi uzoq vaqtdan beri Marsga bir million odamni yuborish rejasini ishlab chiqayotganini aytdi.
Mask so‘zlariga ko‘ra, Qizil sayyorani o‘zlashtirish jarayoni Starship kemalari qismlaridan foydalanishga asoslanadi. Ya’ni, Marsga yuboriladigan birinchi transport vositalari Yerga qaytmaydi.
«Bu kemalar Marsda odamlar uchun foydali bo‘ladi. Starship qismlaridan qimmatbaho materiallarni olish uchun foydalanish mumkin. Bu kemalar qaytarilmaydi, balki ulardan xomashyo manbai sifatida foydalaniladi. Albatta, keyinchalik baribir qaytib keladigan qurilmalar ishga tushiriladi. Biz odamlarga qaytib kelish imkoniyatini berishimiz kerak, chunki kimdir buni qilishni xohlaydi. Lekin menimcha, Marsga boradigan ko‘pchilik hech qachon Yerga qaytmaydi», dedi Ilon Mask.
Ilon Mask Starship yordamida ertami-kechmi insoniyatni multiplanetar turga aylantirish mumkinligiga umid qilmoqda. Bu haqda faqat Marsdagi inson koloniyasi Yer yordamisiz mustaqil ravishda yashab keta olsagina gapirish mumkin. Buning uchun Qizil sayyoraga bir millionga yaqin odamni, shuningdek, bir necha million tonna yukni yetkazish kerak bo‘ladi.
SpaceX yaratuvchisi bu missiyada hozir parvoz sinovlaridan o‘tayotgan Starship kemasiga alohida rol yuklamoqda.
Mavzuga oid

17:26 / 11.06.2025
Mask Tramp haqidagi ayrim postlari uchun uzr so‘radi

18:40 / 09.06.2025
Tramp agar Mask demokratlar tomoniga o‘tsa, uni jazolashga va’da berdi

15:04 / 09.06.2025
Maskning otasi Moskvada: Ilon xatoga yo‘l qo‘ydi

14:55 / 08.06.2025