Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga xizmat ko‘rsatishda xususiy sektor bilan hamkorlik qilinadi
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Reyestridagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga uyda ijtimoiy-maishiy xizmatlarni ko‘rsatish uchun xususiy sektor ishtirokchilari hamkorlikka chaqirilmoqda.
Shu maqsadda amalga oshirilayotgan pilot loyihada Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga xizmat ko‘rsatishni autsorsing asosida amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Loyihani amalga oshirishda Agentlik tomonidan xodimlarni bepul o‘qitish, xizmatni monitoring qilish uchun axborot tizimidan bepul foydalanish va ijtimoiy xizmatlarni keng yoritish taklif etilmoqda.
Uyda ko‘rsatiladigan ijtimoiy-maishiy xizmatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– ovqat tayyorlash (mijozning yoshi, tabiati va allergik xususiyatlarini inobatga olgan holda) va yarim tayyor mahsulotlarni tayyorlab muzlatkichda saqlab qo‘yish;
– supurish-yig‘ishtirish (xonadondagi mijoz foydalanadigan barcha xonalarni va jihozlarni tozalash);
– kiyim-kechaklarni yuvish;
– gigiyena tadbirlarini amalga oshirish;
– zarur oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib berish;
– xonadondagi santexnika jihozlarini ta’mirlashda (uy-joyni boshqaruvchi tashkilotlar va boshqaruvchilarni jalb qilish) ko‘maklashish;
– sartaroshlik xizmatidan foydalanishda ko‘maklashish;
– qarindosh va do‘stlar bilan yozishmalarda ko‘maklashish;
– tibbiyot va sport muassasalariga borish va kelishda hamrohlik qilish.
Ma’lum qilinishicha, mazkur loyihada tibbiy xizmat ko‘rsatish yoki uyda maishiy xizmat ko‘rsatish tajribasiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlari qatnashishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yuqoridagi xizmatlarni ko‘rsatish imkoniyatiga ega yoki shu sohada faoliyat yurituvchi tadbirkorlar 2024 yilning 20 apreliga qadar +998881992552 telefon raqamiga yoki Telegram orqali https://t.me/s_sobirov1’ga murojaat qilishlari so‘ralgan.
Loyiha bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin ekstremistik materiallarni qidirganlik uchun jarima joriy qildi
Jahon | 07:31
-
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari o‘zgardi
O‘zbekiston | 00:58
-
Sloveniya Isroilga qurol embargosini joriy qildi
Jahon | 23:57 / 01.08.2025
-
Rossiyada til bilmaydigan migrantlarni ba’zi kasblarga ishga qabul qilmaslik taklif etildi
Jahon | 23:35 / 01.08.2025
Mavzuga oid

20:25 / 17.07.2025
Qamoqdan ozod etilganlarga bir martalik nafaqa berish tartibi belgilandi

16:46 / 05.07.2025
Janubiy Koreya hukumati aholiga 110 dollardan tarqatadi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

08:50 / 21.05.2025