Ukraina bo‘ylab dronlarga qarshi kurash tizimi va Dniproga hujum oqibatlari. Urush suratlari
Ukrainadagi urushning 782-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:
- «Buning uchun beshinchi moddani faollashtirish shart emas». Zelenskiy NATO mamlakatlarini Ukrainani ham xuddi Isroilni Erondan himoya qilgandek himoya qilishni so‘radi.
- Reuters agentligi yozishicha, Rossiya dronlar hujumidan shikastlangan neftni qayta ishlash zavodlarini qisman tiklashga muvaffaq bo‘lgan.
- The Washington Post: AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris Zelenskiydan Rossiyadagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilishni to‘xtatishni so‘ragan, Ukraina prezidenti bu tavsiyani «e’tiborsiz qoldirgan».
- CNN Rossiya Ukraina bo‘ylab yopirilma zarba berish taktikasini o‘zgartirgani haqida xabar berdi.
- Devid Kemeron: Buyuk Britaniya Ukrainaga dronlarni urib tushirishda yordam berolmaydi, chunki NATO va Rossiya o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘qnashuv «xavfli eskalatsiya» bo‘ladi.
- «Suspilne»: Ukraina qurolli kuchlari Qrimda Rossiya qo‘mondonlik punktiga zarba berdi.
Zaporijjya oblastida havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi
Rossiya qo‘shini Ukraina hududiga muntazam ravishda raketa va dronlar bilan hujum qilib, aviabombalar tashlamoqda va front chizig‘ini artilleriyadan o‘qqa tutmoqda. Zaporijjya oblasti — Ukrainaning RF qo‘shini muntazam ravishda havodan o‘qqa tutayotgan regionlaridan biri. «60 kilometrgacha masofadan o‘qqa tutishmoqda. „Chiqish“ va „kelish“ orasidagi vaqt 30-40 soniyadan ko‘p bo‘lmayapti», — degan region rahbari Ivan Fedorov Liga.net uchun intervyuda oblast ma’muriy markazi o‘qqa tutilishi borasida. Zaporijjya oblastini havo hujumlaridan 117-alohida mexanizatsiyalashgan brigadaning havo hujumidan mudofaa bo‘linmasi himoya qilmoqda.

Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA




Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevda urush faxriylari uchun hospital
Kiyev shahridagi urush faxriylari klinik hospitali ko‘p yillar mobaynida Ikkinchi jahon urushi faxriylariga yordam ko‘rsatishga ixtisoslashgan, ammo 2014 yildan buyon u yerda Rossiya bosqiniga qarshi kurashgan ukrain himoyachilari ham da’volanib kelmoqda.
Kiyev shahri davlat ma’muriyati rahbarining birinchi o‘rinbosari Mikola Povoroznikning ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yilda hospitalda 2265 nafar harbiy xizmatchi davolangan.

Lyubov Golubʼyatnіkova / KMDA




Lyubov Golubʼyatnіkova / KMDA
Dnipro o‘qqa tutilishi oqibatlari
Rossiya qo‘shini 15 aprel kuni kechqurun Dnipro bo‘ylab navbatdagi raketa zarbasini yo‘lladi. Havo hujumidan mudofaa tizimi urib tushirgan raketalar parchalari Dniprodagi xususiy uylarni shikastlagan, shuningdek Lyublyanskayadagi ichida uch kishi bo‘lgan avtomobil ustiga tushgan. Oblast harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Lisakning ma’lumotiga ko‘ra, hujum oqibatida to‘qqiz kishi jarohat olgan, jumladan 15 yoshli o‘smir ham. Dniproda 33 ta xususiy uy, 10 ta avtomobil va yuk ortish mashinasi shikastlangan.

Dmytro Solodovnyk / Suspilne Ukraine / JSC «UA:PBC» / Global Images Ukraine / Getty Images

Mykola Miakshykov / Ukrinform / ABACA / Scanpix / LETA

Mykola Miakshykov / Ukrinform / ABACA / Scanpix / LETA
Mavzuga oid

01:02
«Men Ukrainani qutqaryapman» - Tramp

17:19 / 29.04.2025
Reuters: Razvedka Trampga Kursk oblastidagi ukrainalik harbiylar qurshovda emasligini ma’lum qilgan

15:27 / 29.04.2025
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

11:48 / 29.04.2025