Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va BMT Aksilterror boshqarmasi hamkorlik bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni imzoladi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov BMT bosh kotibi o‘rinbosari, Aksilterror boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Voronkov bilan uchrashdi.

Foto: "Dunyo" AA / Anvar Ilyosov
"Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibining o‘rinbosari, BMTning Aksilterror boshqarmasi boshlig‘i Vladimir Voronkov janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz", – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.
Tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasidagi hamkorlik, bugungi dinamika, nafaqat mintaqada, balki global miqyosda mavjud va kelajakdagi chaqiriqlarga samarali yechimlarni topish masalalari muhokama qilindi.
Qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar kengashi birinchi yig‘ilishining muvaffaqiyatli natijalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston bilan BMTning Aksilterror boshqarmasi o‘rtasida 2024-2025 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik bo‘yicha "Yo‘l xaritasi" ham imzolandi.
Vladimir Voronkov boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Qurolli mojaro zonalaridan qaytganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish masalalari bo‘yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy ekspertlar kengashining birinchi yig‘ilishida ishtirok etdi. Anjumanda, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari, xalqaro tashkilotlar – BMT va YeXHTning yuqori martabali mansabdor shaxslari va yetakchi mutaxassislar qatnashdi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

20:02
AQSh va Xitoy vakillari BMT Xavfsizlik Kengashida Ukraina bo‘yicha janjallashdi

15:26 / 24.07.2025
BMT Xalqaro sudi: Davlatlar iqlimni himoya qilish majburiyatiga ega

22:59 / 23.07.2025
BMT sudi iqlim o‘zgarishini jiddiy tahdid deb tan oldi

14:08 / 21.07.2025