O‘zbekiston Rossiya bilan armiyani qayta qurollantirish dasturini muhokama qilmoqda
O‘zbekiston Rossiya bilan harbiy havo kuchlari, havo hujumidan mudofaa va quruqlikdagi qo‘shinlarni qayta qurollantirish dasturi bo‘yicha shartnoma tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda RF Harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha federal xizmati rahbari Dmitriy Shugayev ma’lum qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
“Qayta qurollantirish dasturi bo‘yicha bitim tuzish kun tartibida turibdi. Qanday bo‘lmasin, bu, shubhasiz, ham havo kuchlari, ham havo hujumidan mudofaa, va quruqlikdagi kuchlarning texnikalariga taalluqli bo‘ladi. Bu juda keng assortiment. Muhokama qilib, takomillashtirib, hamkasblarimizga ko‘mak beramiz”, – degan Shugayevning so‘zlarini keltirmoqda “Interfaks”.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 26 maydan buyon davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘lib turibdi.
Muzokaralar yakunida ikki davlat rahbarlari qabul qilgan qo‘shma bayonotda, harbiy sohadagi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va favqulodda vaziyatlar idoralari o‘rtasidagi hamkorlikka ahamiyat qaratishda davom etilishi ta’kidlangan.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligiga ko‘ra, Rossiya O‘zbekiston Qurolli Kuchlariga qurol va harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha eng yirik sherik hisoblanadi.
Mavzuga oid

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

00:41
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin

13:55 / 25.04.2025
Ochlikka ro‘para bo‘lgan G‘azo, sanksiyalardan xalos bo‘lishga urinayotgan Suriya va Rossiyaning Qirg‘izistonga tahdidi - kun dayjesti

12:04 / 25.04.2025