Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Xuddi quloqchin kabi” - ixcham havo tozalagich taqdim etildi
Qurilma havosi ifloslanib ketayotgan katta shaharlardagi aholi, hamda metrodan tez-tez foydalanadiganlar uchun ayni muddao.

Britaniyaning Lafboro universiteti tadqiqotchilari yonda olib yurishga qulay bo‘lgan havo tozalagichni taqdim qildi.
Aerate deb nomlanuvchi quloqchinga o‘xshab ketuvchi qurilmani bo‘yinga taqib yurish kerak. Qurilma maxsus filtr yordamida havoni tozalab beradi. Bitta filtrning o‘rtacha “umri” 40 soatga teng.
Ta’kidlanishicha, metroda havodagi PM 2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori Jahon sog‘liq saqlash tashkiloti tomonidan belgilangan xavfsiz darajadan baland bo‘lishi kuzatiladi. Chunki poyezdlarning g‘ildiraklari va tormozi eskirgan sari havoni ham ifloslantirib boradi. Bu o‘z navbatida yo‘lovchilarning o‘pka hamda yurak-qon tomir tizimiga xavf soladi. Mutaxassislar qurilma havosi ifloslanayotgan katta shaharlar aholisi hamda metro foydalanuvchilariga mos kelishini aytmoqda.
Havo tozalagichni smartfonga o‘rnatiladigan maxsus ilova bilan ishlatish mumkin. Ilova qurilmaning, filtrlarning holati haqida ma’lumot beradi.
Ushbu qurilma hozircha prototip bo‘lib, uning qachondan seriyali tarzda ishlab chiqarilishi noma’lum.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

18:01 / 14.10.2024
Aqlli ko‘zoynak va kamerali AirPods: yaqin yillarda Apple’dan qanday mahsulotlarni kutish mumkin?

07:33 / 08.06.2022
Uzbekistan Airways samolyot bortida quloqchinlar yo‘qligiga izoh berdi

22:02 / 01.12.2021
Avtomobilda quloqchin va garnituralarsiz telefonda gaplasha olmaysiz - Adliya vazirligi

18:17 / 15.11.2021