Yunusobod tumanida yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘ldi
6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, holatni bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.

Foto: FVB
Bugun, 23 iyul kuni soat 12:35 da Toshkent shahar Yunusobod tumani Sharof Rashidov ko‘chasida joylashgan yangi qurilayotgan binoda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, zudlik bilan 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yong‘in joyiga yetib borib, bartaraf etish ishlarini olib bormoqda.
Hodisa FVV rahbariyati nazoratida. Ayni damda tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi.
FVV tez orada qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishini ma’lum qilgan.
Mavzuga oid

18:16
Hindistondagi mehmonxonada yong‘in yuz berdi. Qurbonlar bor

19:04 / 29.04.2025
Xitoydagi restoranda yuz bergan yong‘in oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi

09:01 / 28.04.2025
Mirobod tumanida qurilish mahsulotlari omborida yong‘in sodir bo‘ldi

15:24 / 27.04.2025