Ramzon Qodirov Cybertruck elektromobili Ilon Mask tomonidan «o‘chirib qo‘yilganini» aytdi
«Yaxshi ish qilmading, bu erkakning ishi emas», dedi Checheniston rahbari.

Foto: Ramzan Qodirov
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Tesla kompaniyasidan olgan Cybertruck elektromobili ishlamay qolganini aytdi. Uning fikricha, mashinani kompaniya asoschisi Ilon Mask masofadan turib o‘chirib qo‘ygan.
«Mask yaqinda kibertrakni masofadan turib o‘chirib qo‘ydi. Bu erkakning ishi emas. «Temir otni» sudrab ketishga to‘g‘ri keldi. Ilon, nega bunday qilding? Shu ishing to‘g‘rimi?», deb yozdi Qodirov ijtimoiy tarmoqda.
Qodirov avgust oyida Cybertruck haqida maqtanib, uni Ilon Maskning sovg‘asi deb atadi. Mashina pulemyot bilan jihozlangan edi. Checheniston rahbari uni Ukrainadagi harbiy operatsiya zonasiga yuborishga va’da berdi.
Keyinchalik, Ilon Mask Ramzan Qodirovga Cybertruck elektromobilini sovg‘a qilmaganini aytdi.
Mavzuga oid

18:27
WSJ: Tesla Ilon Maskning o‘rniga yangi bosh direktor izlamoqda

17:04
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi

17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios

10:32 / 23.04.2025