Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Haagadagi XJCdan Lukashenkoga qarshi tergov o‘tkazish so‘raldi
Litva hukumati Lukashenko rejimining belaruslarga qarshi jinoyatlarini tergov qilish talabi bilan Haagadagi Xalqaro jinoiy sudga murojaat qildi.

Foto: Piroschka van de Wouw / File Photo / Reuters
Litva hukumati Aleksandr Lukashenko rejimi tomonidan belaruslarga qarshi sodir etilgan jinoyatlarni tergov qilish uchun materiallarni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) prokuroriga rasman topshirdi. Tegishli bayonot 30 sentabr, dushanba kuni Litva Adliya vazirligi saytida e’lon qilindi.
Hujjatda Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko va mamlakat harbiy-siyosiy rahbariyatining boshqa vakillari «Belarus tinch aholisiga qarshi kampaniya o‘tkazayotgani, jumladan, bu o‘zboshimchalik bilan hibsga olish va ta’qib qilish, qotillik, jinsiy zo‘ravonlik, qiynoqlar, g‘ayriinsoniy va qadr-qimmatni kamsituvchi munosabatni o‘z ichiga olgani» aytiladi.
«2020 yil 1 maydan shu kungacha Belarusning yuqori martabali siyosatchilari va harbiy xizmatchilari ko‘rsatmasi bilan Belarus tinch aholisiga qarshi jinoyatlar, jumladan deportatsiya, ta’qib va boshqa g‘ayriinsoniy harakatlar sodir etilgan deb hisoblash uchun asoslar mavjud», — deb ta’kidladi Vilnyus. Boltiqbo‘yi mamlakati rasmiylari, shuningdek, ushbu jinoyatlarning elementlari Belarus rejimi tomonidan Litva hududida sodir etilganligini, buning natijasida bunday jinoyatlar XJS yurisdiksiyasiga kirishini ta’kidladi.
Bryussel Lukashenko rejimi mahbuslarini ozod etishni talab qildi
25 sentabr kuni Belarusning Bryusseldagi elchixonasi oldida «Vyasna» inson huquqlari markazi asoschisi, tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Ales Belyatskiyning tug‘ilgan kuni munosabati bilan Lukashenko rejimi siyosiy mahbuslarini ozod qilish uchun miting bo‘lib o‘tdi. Namoyishda Yevroparlament deputatlari, Inson huquqlari bo‘yicha hamkorlik tashkiloti (Libereco), Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro federatsiya (FIDH) vakillari va Belarus diasporasi vakillari ishtirok etdi. Jami 30 ga yaqin kishi elchixona eshigi ro‘parasidagi ko‘chaga chiqdi, ko‘pchilik qo‘llarida oq-qizil-oq bayroqlar, plakatlar va bannerlar ko‘tarib oldi.
Namoyishchilar Belarus diplomatik missiyasiga murojaat qilib, Minskni Belyatskiy va boshqa barcha siyosiy mahbuslarni zudlik bilan ozod qilishga chaqirishdi, ularning soni 1300 dan oshdi, petitsiyaga 82 mamlakatdan 82 ming kishi imzo chekdi. U Belarus rasmiylariga topshirildi.
Tavsiya etamiz
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
“Ish qilishga kuchim yo‘q”: quvvatsizlik oddiy charchoqmi yoki jiddiy signal?
Sog‘lom hayot | 16:45 / 29.07.2025
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Trampdan oxirgi dedlayn, eng oxirgisi
Jahon | 22:10
-
Avstriyada bankomat o‘g‘rilarining mashhur to‘dasi a’zolari hibsga olindi
Jahon | 22:03
-
O‘zbekistonda ayollar startaplari uchun ilk milliy akselerator dasturi ishga tushirildi
Jamiyat | 21:57
-
Venetsiyadan Parijgacha bo‘lgan uzunlikdagi mega-yashin dunyodagi eng kattasi deb tan olindi
Jahon | 21:54
Mavzuga oid

07:37 / 03.07.2025
Lukashenko yil oxirigacha «Oreshnik» Belarusda joylashtirilishini ma’lum qildi

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

18:13 / 21.06.2025
Trampning maxsus vakili Kellog Minskda Lukashenko bilan uchrashdi

20:12 / 14.05.2025