O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 41 mlrd dollardan oshdi
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari sentabr oyida 1,98 milliard dollarga oshib, 41,139 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarda so‘z boradi.

Foto: Getty Images/Bloomberg
Markaziy bank zaxiralari ketma-ket uch oydan berish o‘smoqda — iyulda 1,06 milliard dollarga, avgustda 1,75 milliard dollarga, sentabrda esa 1,98 milliard dollarga oshgan. Bu 2013 yildan beri yuritiladigan statistik ma’lumotlarning butun davri uchun navbatdagi rekord ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shuningdek, o‘tgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 518,3 million dollarga oshgan — 8,19 milliarddan 8,709 milliard dollargacha. Zaxiralardagi oltinning fizik hajmi o‘zgarishsiz qolmoqda — 12 million troya unsiyasi (367 tonna). Oltin zaxiralari qiymati 1,46 milliard dollarga oshib, 30,4 milliard dollardan rekord darajadagi 31,86 milliard dollarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, Nyu-York Comex birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, oltin narxi 12 sentabr kungi savdolar chog‘ida o‘zining tarixiy rekordini yangilagan va troya unsiyasi uchun 2,58 ming dollardan oshgandi. 1 sentabr holatiga O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari 1,75 mlrd dollarga oshib, 39,15 mlrd dollarga yetgan edi. Bu oshish asosan oltin hisobiga ro‘y bergan edi.
Mavzuga oid

10:11 / 04.05.2025
Muddatli to‘lov bozorini tartibga solish boshlanadi

20:43 / 30.04.2025
Kartadan kartaga katta miqdorda pul o‘tkazishda qo‘shimcha himoya choralari kiritiladi

12:24 / 24.04.2025
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

16:34 / 18.04.2025