Namanganda 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasini noqonuniy ishlatgan MChJ aniqlandi
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Foto: O‘zenergoinspeksiya
Namangan viloyatidagi suv taqsimlash inshootida 1,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlangan. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” xabar bermoqda.
“O‘zenergoinspeksiya”ning Namangan viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Kosonsoy tumanida joylashgan “K.I.S.T.” MChJga qarashli suv taqsimlash inshooti hech qanday asoslantiruvchi hujjatlarsiz tarmoqqa o‘zboshimchalik bilan ulagani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida MChJ 1 mlrd 265 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid

16:12 / 12.06.2025
Energetika sohasida davlatga yetkazilgan zarar 471 mlrd so‘mdan oshdi

17:39 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi

16:33 / 06.06.2025
Gaz va elektr kompensatsiyasi uchun ariza qabul qilish boshlandi

15:18 / 02.06.2025