Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Taxtiqoracha dovonida transport vositalari harakati tiklandi
IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati dovonda yuz bergan hodisa oqibatlari bartaraf etilgani va transport vositalari harakatiga ruxsat berilganini ma’lum qildi.

Foto: IIB YHXB axborot xizmati
Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarini bog‘lovchi Taxtiqoracha dovonida ulkan xarsangtosh yumalab Sobalt mashinasini bosib qolgani va yo‘l yopilgani haqida xabar berilgandi. IIV Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, hozirda dovonda transport vositalari harakati tiklangan.
Bugun, 6 noyabr kuni soat 15:45 larda M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining Kitob tumani «Qaynar» MFY hududidan o‘tgan qismida, Taxtiqoracha dovonidan Kitob-Samarqand yo‘nalishida ketayotgan Cobalt mashinasini tog‘dan sirpanib tushgan ulkan tosh bosib qolgan. Oqibatda mashina ichida bo‘lgan uch nafar shaxs voqea joyida halok bo‘lgan.
«Hodisa oqibatlarini bartaraf etish uchun zaruriy choralar ko‘rildi. Ayni vaqtda dovon yo‘lida transport vositalarining harakatiga ruxsat berildi», — deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

14:38
Surxondaryoda Nexia maktab oldidagi piyodalar yo‘lagida 8 yoshli qizaloqni urib o‘ldirdi

11:07
Qamchiqda ikkita yuk mashinasi ishtirokida YTH yuz berdi

19:40 / 30.07.2025
Qoraqalpog‘istonda yo‘lovchi poyezdi yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

10:02 / 26.07.2025