2 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi aniqlandi
MChJ mas’ullari ishlab chiqarish sexida elektr energiyasi hisobi uchun o‘rnatilgan tok transformatorni qasddan uzib qo‘yib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.

Namangan viloyatining Chust tumanida 2,1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MChJ fosh etildi.
“O‘zenergoinspeksiya” xabariga ko‘ra, “Ch.Sh.” MChJ mas’ullari ishlab chiqarish sexida elektr energiyasi hisobi uchun o‘rnatilgan tok transformatorni qasddan uzib qo‘yib, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida elektr ta’minoti korxonasiga 2 mlrd 159 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Mavzuga oid

11:18 / 17.04.2025
5,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metall eritish sexi aniqlandi

11:56 / 16.04.2025
Toshkentning ayrim hududlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi

12:07 / 08.04.2025
2,1 mlrd so‘mlik elektrni noqonuniy ishlatgan klinika aniqlandi

09:14 / 05.04.2025