Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan o‘zbekistonliklar uchun «yashil yo‘lak» orqali mamlakatdan chiqib ketish muddati uzaytirildi
Migratsiya agentligi Janubiy Koreyada nolegal bo‘lib turgan fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Migratsiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi va Koreya Adliya vazirligi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar natijasida imzolangan hujjatga ko‘ra, 30 noyabr kuni tugashi lozim bo‘lgan «yashil yo‘lak» loyihasi 2025 yilning 31 yanvar kunigacha uzaytirildi.
Demak, Janubiy Koreyada noqonuniy yurgan fuqaro 2025 yilning 31 yanvar sanasiga qadar «yashil yo‘lak»dan foydalanib, erkin chiqib ketishi mumkin.
Koreyada noqonuniy ishlab, yashab yurgan shaxslar:
- 1 oydan kam bo‘lsa 1 million von (716 dollar);
- 1 oydan 3 oygacha 1,5 million von (1074 dollar);
- 3 oydan 6 oygacha 2 million von (1432 dollar);
- 6 oydan 1 yilgacha 4 million von (2864 dollar);
- 1 yildan 2 yilgacha 7 million von (5012 dollar);
- 2 yildan 3 yilgacha 10 million von (7160 dollar);
- 3 yildan 5 yilgacha 20 million von (14 321 dollar);
- 5 yildan 7 yilgacha 25 million von (17 902 dollar);
- 7 yildan ko‘p bo‘lsa 30 million von (21 482 dollar) miqdorida jarima to‘laydi.
Ko‘rsatilgan muddat ichida Koreyani ixtiyoriy tark etsa:
- yuqoridagi jarimalardan ozod etiladi;
- keyinchalik Koreyaga qayta kirishi yengillashadi.
Ushbu muddat tugaganidan so‘ng fuqaro Koreyada yana qoladigan bo‘lsa, Migratsiya agentligi tomonidan shartnoma bandlariga ko‘ra fuqaro yoki uning kafiliga nisbatan:
- katta miqdorda jarima (har bir oyi uchun 2000 dollar);
- Koreya tomonidan qayta kirishga taqiq qo‘llanadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun:
- Koreya Adliya vazirligi sayti — www.hikorea.go.kr;
- Migratsiya agentligining Seuldagi vakolatxonasi — 02-2285-1341 Asilbek Abdumutalov, Saida Adhamova.
«Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi Koreya Respublikasida faoliyat yuritayotgan fuqarolarimizdan ushbu davlatning qonunchiligini buzmaslikni, ularning urf-odatlarini hurmat qilishlarini va noqonuniy yurgan yurtdoshlarimizni yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida O‘zbekistonga qaytishlarini so‘rab qoladi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Koreyaga ishlash uchun borgan ikki o‘zbekistonlik ish joyidan qochib ketgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Migratsiya agentligi xabariga ko‘ra, shartnoma shartlarini qo‘pol tarzda buzgan ikki huquqbuzarning mahallalariga mas’ullar borgan va ularning ota-onalari, mahalla ahli ishtirokida holat muhokama qilingan. Hozirda ularga jarima qo‘llash va kerak bo‘lsa, O‘zbekistonga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Xalqaro kosmik stansiyani moliyalashtirishni qisqartiradi
Jahon | 23:59 / 03.05.2025
-
Gibrid elektromobillarni olib kirishda ekologik sertifikat olish talabi qo‘yildi
Iqtisodiyot | 23:20 / 03.05.2025
-
Energetikada yangi narxlar, xususiy OTMga talablar va urushga yollangan o‘zbeklar - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:51 / 03.05.2025
-
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi
Jahon | 22:46 / 03.05.2025
Mavzuga oid

22:46 / 03.05.2025
Shvetsiya migrantlarga vataniga qaytishi uchun 32 ming yevro to‘laydi

21:09 / 03.05.2025
AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar Toshkentga qaytdi

18:34 / 01.05.2025
Janubiy Koreya prezidenti vazifasini bajaruvchi saylovlar oldidan iste’foga chiqdi

21:53 / 30.04.2025