Amir Temur ko‘chasida sodir bo‘lgan YTHda haydovchi jarohatlandi
1974 yilda tug‘ilgan haydovchi Lixiang avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotgan va yo‘l chetidagi temir ustunga borib urilgan.

Foto: IIBB YHXB
24 dekabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasida soat 20:10 larda YTH sodir bo‘ldi.
Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berishicha, haydovchi, 1974 yilda tug‘ilgan B.A. Lixiang avtomashinasini boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida haydovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:12 / 15.06.2025
«Bolalar o‘limi eng og‘riqli joyimiz» - YHXX boshlig‘i bolalar qatnashgan YTHlar va statistika haqida

17:10 / 15.06.2025
Bekobodda mikroavtobus poyezd bilan to‘qnashdi

18:44 / 14.06.2025
Sirdaryoda ikki bolani urib yuborgan haydovchi 8,5 yilga qamaldi

12:04 / 14.06.2025