Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada tergov guruhi prezident Yun Sok Yolni hibsga olish uchun order so‘radi
Mamlakat tarixida birinchi marta amaldagi prezidentga nisbatan hibsga olish orderi so‘raldi.

Foto: Getty Images
Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yolga qarshi ishni tergov qilayotgan qo‘shma tergov guruhi uni hibsga olish uchun order berishni so‘radi. Bu haqda Yonhap xabar berdi.
Yuqori lavozimli amaldorlarga qarshi Korrupsiya amaliyotlarini tergov qilish boshqarmasi (CIO), Milliy tergov boshqarmasi va Mudofaa vazirligi tergov shtabidan iborat tergov guruhi Seul G‘arbiy okrug sudiga tegishli so‘rovni yubordi.
Tergov guruhi Yun Sok Yolni uch marta so‘roqqa chaqirdi, biroq hokimiyatdan chetlatilgan prezident tomoni chaqiruv qog‘ozlarini olishdan bosh tortdi va haligacha advokat tayinlash uchun hujjatlarni taqdim etmadi. Siyosatchi «isyonga urinish» va «hokimiyatni suiiste’mol qilish»da gumon qilinmoqda.
Prezident advokati Yun Gap Gin so‘zlariga ko‘ra, CIO isyonga urinish bo‘yicha ishni tergov qilishga va siyosatchini hibsga olishni talab qilishga haqqi yo‘q. Siyosatchining himoyasi hibsga olish so‘roviga javoban qonuniy choralar ko‘rmoqchi.
Qayd qilinishicha, bu mamlakatning zamonaviy tarixida birinchi marta amaldagi prezidentga nisbatan hibsga olish orderi so‘ralishidir.
3 dekabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda harbiy holat joriy etilganini ma’lum qildi. Keyinchalik u parlament deputatlari qarshiligi tufayli, harbiy holatni bekor qilishga rozi bo‘ldi. Mamlakatda harbiy holat taxminan besh soat davom etdi.
Shundan so‘ng, parlament prezidentga impichment e’lon qilib, lavozimidan vaqtincha chetlatdi. Harbiy holat e’lon qilinishi bo‘yicha ochilgan ish tergovi davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Tramp qamchini qo‘lga olyaptimi?
Jahon | 09:05 / 31.07.2025
Yangi eskrou tizimi. Bu uy-joy narxini yanada qimmatlashtiradimi?
Ko‘chmas mulk | 11:37 / 30.07.2025
Urush balosi: «Aeroflot»ni nega «buzishdi»?
Jahon | 23:22 / 29.07.2025
«Aeroflot»ga hujum. Bir kundan keyin nimalar ma’lum?
Jahon | 21:16 / 29.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yil boshidan beri qancha ayolga himoya orderi berilgani aytildi
Ayollar dunyosi | 15:25
-
AQSh Putinga yaqin shaxslar bilan Ukraina haqida gaplashdi: hech qanday o‘zgarish yo‘q
Jahon | 14:54
-
Bosh prokuror o‘rinbosari Qoraqalpog‘istonga prokuror bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:54
-
Isroilga kelgan Trampning vakili, Xitoy Qozog‘istonda qurayotgan AESlar va Suriyani qo‘llashni boshlagan Rossiya – kun dayjesti
Jahon | 14:42
Mavzuga oid

13:16
Tramp Janubiy Koreya bilan savdo kelishuvi haqida e’lon qildi

19:36 / 31.07.2025
Vatanning go‘yo bir parchasi: Koreyadagi o‘zbek mahallasidan reportaj

20:16 / 18.07.2025
O‘zbekiston Janubiy Koreya bojxonachilariga 6 bosh xizmat itini yetkazdi

19:12 / 14.07.2025