Kaliforniyadagi yong‘inlar qurbonlari soni 24 kishiga yetdi
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusomning aytishicha, Los-Anjyeles hududidagi yong‘inlar AQSh tarixida zarar bo‘yicha eng katta tabiiy ofat bo‘lishi mumkin.

Foto: Apu Gomes / Getty Images
Kaliforniya janubidagi yirik o‘rmon yong‘inlarida kamida 24 kishi halok bo‘ldi. Bu ma’lumotlar 12 yanvar, yakshanba kuni kechqurun (mahalliy vaqt bilan) The Washington Post nashri tomonidan keltirilgan.
Shtat gubernatori Gevin Nyusomning aytishicha, zarar ko‘lami bu tabiiy ofatni AQSh tarixidagi eng yomoniga aylantirishi mumkin.
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, 13-15 yanvar kunlari Kaliforniyada "Santa-Anna" shamollarining kuchayishi kutilmoqda, bu esa avvalroq yong‘inlarning tarqalishiga sabab bo‘lgan. Ayni paytda mahalliy rasmiylar 12 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Los-Anjyeles chekkasidagi Pasifik-Paliseyds va Itondan evakuatsiya qilingan aholi 16 yanvarga qadar uylariga qaytishlariga umid bildirgan.
WP ma’lumotlariga ko‘ra, Los-Anjyeles chekkasida 7 yanvardan beri davom etayotgan uchta yong‘in 40 000 akr maydonni yo‘q qildi, bu San-Fransisko hududidan kattaroqdir. Kaliforniya o‘rmonlarni muhofaza qilish va yong‘indan saqlash departamenti (Cal Fire) ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in 12 mingdan ortiq inshootni vayron qilgan va 150 mingga yaqin odamni o‘z uyini tark etgan.
Mavzuga oid

09:10 / 03.05.2025
Toshkentda daraxtga urilgan BYD yonib ketdi

08:38 / 02.05.2025
Toshkentda tumanida ikkita mashina yonib ketdi

11:25 / 01.05.2025
Isroilda yirik o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

10:24 / 01.05.2025