“Infokiosklarning qaytim bermaslik masalasini yechish imkonsiz” - “Toshshahartransxizmat” raisi o‘rinbosari
Hozirda avtobus bekatlari atrofiga o‘rnatilgan Paynet, Multipay hamda Oson infokiosklari yo‘lovchiga naqd pulda qaytim bermaydi. Bir martalik QR-chipta xarid qilish uchun 3 000 so‘mdan ortiq kiritilgan mablag‘ foydalanuvchining telefon raqami hisobiga tashlanadi. Qaytimni elektron hamyon yoki kartalarga o‘tkazib olish imkoniyati ham joriy qilinmagan.
16 yanvar kuni “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Toshkent shahar avtobus yo‘nalishlari faoliyatidagi o‘zgarishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda infokiosklardan bir martalik chiptalarni xarid qilish bilan bog‘liq masalalarga to‘xtalindi.
“Toshshahartransxizmat” AJ raisi o‘rinbosari Rustam Shomurodovning ta’kidlashicha, infokiosklar qaytim bermaslik masalasini hal qilishning iloji yo‘q:
“Bu texnologik jarayon, ayni vaqtda masalaga yechim topish imkonsiz. Naqd pulda qaytimni beradigan infokiosklar ularni o‘rnatayotgan tadbirkorlarda mavjud emas. Ikkinchi tomondan, bunday qurilmalar juda qimmat, iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlamasligi mumkin”, - deydi u.
Mas’ulning qo‘shimcha qilishicha, Paynet kompaniyasi tomonidan poytaxt bo‘ylab qo‘shimcha 2700 ta oflayn shoxobcha tashkil etilgan. Mazkur shoxobchalar faoliyati QR-chipta xarid qilishni bilmagan yo‘lovchilarga yordam berish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. U yerdan chipta sotib olinganda yo‘lovchilarga qaytim naqd pul shaklida qaytarilishi mumkin.
Qaytimni elektron hamyon yoki plastik kartalarga o‘tkazib berish borasidagi savollar esa ochiq qoldirildi.
Mavzuga oid

20:41 / 25.04.2025
Yo‘l haqi narxlari qaysi shaharda o‘zini oqlaydi? | SUBYEKTIV

00:43 / 25.04.2025
Yaponiyada salkam 30 yil avtobus boshqargan haydovchi 7 dollar o‘g‘irlagani uchun ishdan bo‘shatildi

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

08:50 / 24.04.2025