Energetika vazirligi: Boysundagi M25 konida to‘plangan gazni xavfsiz yoqish ishlari olib borilmoqda
«Mustaqillikning 25 yilligi» koni hududida olovli maydonlar yuzaga keldi. Energetika vazirligi ayni paytda hududda kichik hajmda to‘plangan gazni yoqish orqali zararsizlantirish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.

Foto: Videodan kadr
Surxondaryoning Boysun tumanidagi «Mustaqillikning 25 yilligi» koni joylashgan hududda olovli maydonlar yuzaga kelgani tasvirlangan video e’lon qilingan edi. Energetika vazirligi mazkur holatga munosabat bildirib, konda to‘plangan gazni xavfsiz yoqish ishlari olib borilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, M25 koni hududida hech qanday kutilmagan vaziyatlar kuzatilmagan. 2024 yil sentabr oyida metan emissiyasi sodir bo‘lgan quduq o‘rnida obektni konservatsiya qilish bo‘yicha rejalashtirilgan ishlar olib borilmoqda va bu yerda doimiy monitoring yuritilyapti.
Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, 604-sonli quduqda tozalash ishlari olib borilayotganda quduqdan olis hududlarda yer yuzasiga yaqin joylashgan bo‘shliqlar va kollektorlardagi mikro yoriqlarda kichik hajmdagi gaz to‘plangan.
Ayni paytda hududda kichik hajmda to‘plangan gazni yoqish orqali zararsizlantirish ishlari olib borilmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad kislotali gazlarning atmosferaga chiqishini oldini olishdan iborat.
«Ushbu jarayon atrof-muhit ifloslanishining oldini olishda standart yondashuv hisoblanadi va xalqaro sanoat xavfsizligi talablariga to‘la javob beradi.
Rejalashtirilgan konservatsiya va profilaktika ishlari mazkur texnologik jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini tushunmaydigan odamlar boshqacha talqin qilishi mumkin bo‘lgan bir qator operatsiyalardan iborat. Bunga holat bo‘yicha tarqalgan videolavha yaxshi misol bo‘la oladi», — deyiladi munosabatda.
Eslatib o‘tamiz, “Mustaqillikning 25 yilligi” konida dastlabki ofat 1 sentabr kuni sodir bo‘lib, 15 sentabrda jilovlangandi. 17 sentabrda esa 2-avariya holati yuzaga keldi va qurbonlar qayd etildi. Bu haqdagi ma’lumot bir kun o‘tib AOKAda bo‘lib o‘tgan boshqa mavzudagi matbuot anjumanida berilgandi. 18 sentabrda o‘tgan brifingda energetika vaziri vafot etganlarning oilasi pudratchi tashkilot tomonidan otaliqqa olinishini xabar qilgandi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Suriyada Trampning sanksiyalarni bekor qilish haqidagi so‘zlari olqishlandi
Jahon | 12:27
-
Putin borsa, Tramp ham boradi: Istanbulda uchrashuv sodir bo‘ladimi?
Jahon | 12:26
-
Peskov: Rossiya delegatsiyasi muzokaralar uchun 15 may kuni Istanbulga boradi
Jahon | 12:23
-
Emmanuel Makron: Parij Ukraina armiyasini kuchaytirishda davom etadi
Jahon | 12:15
Mavzuga oid

17:37 / 13.05.2025
“Na ketishni bilamiz, na qolishni” - boysunliklar gaz hidi haqida

20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda

14:06 / 05.05.2025
M25 konida ulkan gaz favvorasi yuzaga keldi

21:44 / 04.04.2025