Qibrayda 1,2 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi
Toshkent viloyatining Qibray tumanida 1,2 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi.

Foto: Hududgazta’minot
“Hududgazta’minot” AJ xabar berishicha, tumanning “Obod” MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro T.M. xonadonida issiqxona tashkil etib, tabiiy gaz tarmog‘iga hisoblagichsiz, yashirin yo‘llar bilan rezina shlang orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri ulangan.
Holat bo‘yicha dalolatnoma tuzilib, gaz sarfi qayta hisob-kitob qilindi va 1 mlrd 259 mln so‘mlik zarar hisoblandi.
Holatga aloqador barcha hujjatlar huquq-tartibot organlariga yuborildi.
Mavzuga oid

23:20 / 09.06.2025
Qibray tumanidagi ko‘priklardan birida avtomobil harakati to‘liq cheklandi

19:20 / 25.04.2025
Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

07:45 / 21.04.2025
Xitoy bilan hamkorlikda issiqxonalar uchun «aqlli» plyonka ishlab chiqariladi

13:40 / 28.03.2025