Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Ryazan va Bryanskdagi obektlarga zarar yetkazganini tasdiqladi
Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Ryazandagi Rossiya harbiy texnikasi uchun yonilg‘i ishlab chiqaradigan neftni qayta ishlash zavodiga va Rossiya raketa tizimlari uchun mikroelektronika ishlab chiqaruvchi Bryanskdagi "Kremniy" zavodiga zarba berdi, deya tasdiqladi Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi.

Foto: AFP
Ukraina qo‘shinlari Ryazan va Bryanskdagi Rossiya armiyasiga yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi obektlarga uchuvchisiz uchoqlardan zarbalar berdi, deb xabar qildi 24 yanvar, juma kuni Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi.
«2025 yil 24 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) va Ukraina Qurolli kuchlarining Maxsus operatsiyalar kuchlari (SSO) uchuvchisiz uchoqlari Mudofaa kuchlarining boshqa bo‘linmalari bilan birgalikda Rossiya armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladigan obektlarga zarba berdi», — deyiladi bayonotda. Zarbalar natijasida Ryazan neftni qayta ishlash zavodi ishlab chiqarish obektlarida va Ryazan neft nasos stansiyasida yong‘inlar sodir bo‘ldi.
Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi ma’lumotlariga ko‘ra, Bryanskdagi "Kremniy El" mikroelektronika zavodi ham zarar ko‘rgan. «Bu Rossiya mikroelektron sanoatining asosiy korxonalaridan biridir. Zavod strategik ahamiyatga ega qurol tizimlarida, xususan, "Topol-M", "Bulava" raketa tizimlarida, S-300 va S-400'da, shuningdek, jangovar samolyotlarning bort elektronikasida qo‘llaniladigan keng turdagi mikrosxemalar va butlovchi qismlarni ishlab chiqaradi», deya ta’kidladi Ukraina Qurolli kuchlari va zarbalar natijalariga aniqlik kiritilayotganini qo‘shimcha qildi.
Ryazan issiqlik elektr stansiyasi nishonga olindi
DW media-kompaniyasining SBUdagi manbalari ta’kidlaganidek, Ryazan neftni qayta ishlash zavodi yiliga 17 million tonna neftni qayta ishlash quvvatiga ega Rossiyadagi eng yirik zavodlardan biri hisoblanadi. «U yerda kamida uchta rezervuar yonmoqda. Bundan tashqari, dron zarbalari natijasida kelib chiqqan yong‘in dizel yonilg‘isi va aviakerosinni gidrotozalash moslamasi o‘rnatilgan ustaxonani qamrab olgan. Mahalliy aholi 50 dan ortiq portlashni qayd etgan», — deya qayd etdi maxsus xizmat.
Bundan tashqari, SBU manbasiga ko‘ra, dronlar Ryazan issiqlik elektr stansiyasiga (IES) urilgan. «SBU Mudofaa kuchlari bilan birgalikda Rossiya harbiy-sanoat kompleksi korxonalari va neft sektoriga qarshi samarali dron sanksiyalarini joriy etishda davom etmoqda. Dushmanning harbiy salohiyatini zaiflashtirish bo‘yicha ishlar davom etadi», — deyiladi maxsus xizmat xabarida.
Rossiya Mudofaa vazirligi, o‘z navbatida, 24 yanvarga o‘tar kechasi Ukraina uchuvchisiz uchoqlari Rossiyaning barcha chegaradosh mintaqalariga, shuningdek, Tula va Moskva oblastlariga hujum qilgani, Rossiya havo hujumidan mudofaa vositalari 121 ta uchuvchisiz uchoqni urib tushirganini ma’lum qildi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Haftaning ikkinchi yarmida havo harorati pasayadi
O‘zbekiston | 11:42
-
Alyaskadagi uchrashuv Putin uchun sinov – NATO bosh kotibi
Jahon | 11:32
-
Isroilning G‘azoga bergan zarbasida «Al-Jazira» jurnalistlari halok bo‘ldi
Jahon | 11:28
-
Alyaskada Tramp va Putin uchrashuvi uchun katta uy tayyorlanmoqda
Jahon | 11:22
Mavzuga oid

11:32
Alyaskadagi uchrashuv Putin uchun sinov – NATO bosh kotibi

08:57
Ukraina Rossiyaning 2 ming km uzoqlikdagi hududiga zarba berdi

08:53
Rossiya qo‘shinlari Zaporijjya shahri avtovokzaliga aviabomba tashladi

00:32