Kreml Trampning Putin bilan suhbati haqidagi so‘zlariga izoh berdi
Telefon suhbati na tasdiqlandi, na inkor etildi.

Dmitriy Peskov
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon muloqoti haqidagi ma’lumotni na tasdiqladi, na inkor etdi. Uning ta’kidlashicha, Moskva va Vashington o‘rtasidagi aloqa turli kanallar orqali amalga oshiriladi, shuning uchun shaxsan u «ba’zi narsadan bexabar bo‘lishi mumkin».
«Vashington ma’muriyati o‘z ishini yo‘lga qo‘yar ekan, juda ko‘p turli kommunikatsiyalar mavjud va bu aloqalar turli kanallar orqali olib boriladi va, albatta, bu kommunikatsiyalarning ko‘pligi fonida shaxsan men nimanidir bilmasligim, nimadandir bexabar bo‘lishim mumkin. Shuning uchun, bu holatda men buni na tasdiqlay, na inkor eta olaman», dedi Dmitriy Peskov.
Donald Tramp so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin bilan telefon suhbati Ukrainadagi urushni tugatish bilan bog‘liq. U Rossiya prezidenti jang maydonida askarlarning o‘limiga «haqiqatan ham befarq emasligi», «u odamlar qurbon bo‘lishini to‘xtatishni xohlashini» ta’kidladi.
Mavzuga oid

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

12:04 / 26.04.2025
AQSh 18 davlat bilan savdo muzokaralari rejasini tayyorladi

11:31 / 26.04.2025