Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Eronda Xominaiydan yadro qurolini taqiqlash haqidagi fatvoni bekor qilish so‘ralmoqda
Eron oliy rahbari yadroviy qurol ishlab chiqishni taqiqlovchi fatvosini bekor qilishi kerak. The Telegraph nashriga ko‘ra, IIMK qator qo‘mondonlari shunday fikrda.

Ali Xomanaiy Foto: AP
Eron oliy rahbari Ali Xominaiy yadro qurolini ishlab chiqishni taqiqlovchi fatvoni bekor qilishi kerak. Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusining (IIMK, Eron qurolli kuchlarining nufuzli bo‘linmasi) bir qator yuqori martabali qo‘mondonlari fikricha, Tehron G‘arbdan kelayotgan «mavjud tahdidlarga» qarshi turish uchun atom bombasini ishlab chiqishi kerak. Bu haqda Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi 8 fevral, shanba kuni xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qo‘mondonlar Donald Tramp AQShda Oq uyga qaytganidan keyin o‘z fikrlarini o‘zgartirgan. «Biz hech qachon bunchalik himoyasiz bo‘lmaganmiz va bu kech bo‘lmasidan oldin unga (bomba) egalik qilish uchun so‘nggi imkoniyatimiz bo‘lishi mumkin», — dedi nashr manbalaridan biri.
Xominaiyga qattiq siyosat tarafdorlari tomonidan bosim kuchaymoqda
2005 yilda Atom energiyasi xalqaro agentligi (AEXA) yig‘ilishida tilga olingan fatvoda Xominaiy bunday qurollar «mutlaqo harom», ya’ni gunoh va Islomda taqiqlanganligini ta’kidlagan.
«Biz hozir duch kelayotgan ekzistensial tahdid, avvallari oliy rahbarning buyruqlarini bajargan bir qancha yuqori martabali qo‘mondonlarni yadroviy qurol yaratishga undashga majbur qildi», dedi Tehrondagi Eron rasmiylaridan biri.
So‘nggi oylarda Xominaiyga qattiqqo‘l siyosat tarafdorlari tomonidan bosim kuchaygan, deb yozadi The Daily Telegraph. 2024 yilda o‘nlab Eron parlamentariylari Milliy xavfsizlik oliy kengashini Islom Respublikasining yadro siyosatini qayta ko‘rib chiqishga chaqirgandi.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ijro nazoratining kuchaytirilishi, Samarqanddagi «qo‘ziqorin uy», suvga cho‘kish fojialari – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:47 / 28.07.2025
-
Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun pul to‘laydi
Jahon | 23:46 / 28.07.2025
-
Sankt-Peterburgda xorijliklarga 2025 yil oxirigacha taksi haydovchisi bo‘lib ishlash taqiqlandi
Jahon | 23:26 / 28.07.2025
-
Bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Jamiyat | 22:59 / 28.07.2025
Mavzuga oid

08:27 / 28.07.2025
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi

09:02 / 27.07.2025
“Yangi loyihalarda Eron va Rossiyaning ishtiroki kamayib, turkiylarning ahamiyati ortib boryapti” – siyosatshunos

18:28 / 26.07.2025
Eronda baluj terrorchilari sud binosiga hujum qildi

07:40 / 24.07.2025