Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi
Suhbat davomida AQShning yangi ma’muriyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva
Bugun, 12 fevral kuni prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva AQShning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Henik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining Telegramʼdagi kanaliga yozib qoldirdi.
Qayd etilishicha, suhbatda tez o‘zgarayotgan voqeliklarni inobatga olgan holda AQShning yangi ma’muriyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilingan.
«Shuningdek, ayollar uchun imkoniyatlar yaratish, ta’lim sohasini yaxshilash hamda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash yuzasidan fikr almashdik», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oxirlarida Saida Mirziyoyeva Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashgan edi. Muloqot davomida aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» sammitiga ko‘rilayotgan ikki tomonlama tayyorgarlik masalalari muhokama qilingandi.
Mavzuga oid

11:39
«AQSh eng kuchli harbiy uskunalarni ishlab chiqaradi va Isroilda ular juda ko‘p» – Tramp Eronga tahdid qildi

21:55 / 13.06.2025
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi

21:42 / 13.06.2025
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV

16:47 / 13.06.2025