Andijonda ayol eri tomonidan pichoqlab o‘ldirildi
Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Foto: IIB
Andijon viloyati, Oltinko‘l tumanida er o‘z xotinini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, 5 fevral kuni fuqaro S.M. sha’riy nikohidagi turmush o‘rtog‘i J.M. bilan o‘zaro janjal oqibatida uni pichoqlab, qasddan o‘ldirgan.
Holat yuzasidan Oltinko‘l tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qotillik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va S.M. protsessual tartibda ushlanib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Ta’kidlanishicha, jinoyat ishi bo‘yicha tergov xarakatlari alohida nazoratga olingan, ishga oid barcha holatlar tekshirilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Mavzuga oid

09:53 / 15.06.2025
Andijonda temiryo‘ldagi sisternaga chiqqan erkakni tok urdi

21:27 / 14.06.2025
AQShda demokrat siyosatchilarga hujum uyushtirildi, ulardan biri vafot etdi

22:20 / 13.06.2025
Andijonda temiryo‘l sisternasiga chiqqan erkakni tok urdi

23:40 / 10.06.2025