Polsha Ukrainaga qo‘shin yuborish niyatida emas
Bu haqda mudofaa vaziri o‘rinbosari Chezari Tomchik ma’lum qildi.

Foto: NIDS/NATO Multimedia Library
Polsha mudofaa vaziri o‘rinbosari Chezari Tomchikning aytishicha, Varshava Ukrainaga qo‘shin yuborishni rejalashtirmayapti.
Tomchik TOK FM radiosida nutq so‘zlab, Rossiya-Ukraina urushining borishi haqida fikr bildirdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Polsha Ukrainaga qo‘shin jo‘natish niyatida emas va uning mamlakati «logistika va kadrlar tayyorlash»ni qo‘llab-quvvatlash kabi masalalarda ishtirok etishni xohlaydi.
Ukrainaga berilgan harbiy yordamning 95 foizi «Polsha orqali o‘tayotganini» qayd etgan Tomchik, Qo‘shma Shtatlar Polshaning kuchli ittifoqchisi ekanini aytdi.
AQShning Ukraina va Rossiya bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog 18 fevral kuni Varshavada Polsha prezidenti Anjyey Duda bilan uchrashdi.
Mavzuga oid

13:54
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

11:31
Tramp o‘tgan juma Rossiya-Ukraina muzokaralari uchun yaxshi kun bo‘lganini aytdi

22:19 / 25.04.2025
Lukashenko Polsha va Litvani migrantlar sabab xavotirga tushmaslikka chaqirdi

19:59 / 25.04.2025