Sun’iy intellektga asoslangan «Odil» chat-boti ishga tushirildi
Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari bo‘yicha «Odil» chat-boti yaratildi.
Telegram messenjeriga integratsiyalashgan va sun’iy intellektga asoslangan chat-bot fuqarolarga davlat xizmatlari haqidagi ma’lumotlardan foydalanishni osonlashtirish uchun yaratilgan.
Uning ishga tushirilishi 1148 ishonch telefoni operatorlari yukini sezilarli darajada kamaytirish va foydalanuvchilarning so‘rovlariga real vaqt rejimida tezkor javob berish imkonini yaratadi.
1148 ishonch telefoni orqali 2024 yilda fuqarolarning 135 mingga yaqin qo‘ng‘irog‘i qabul qilingan. Shundan qariyb 128 mingta murojaat yoki 95 foizi yuzasidan mutaxassislar tomonidan huquqiy tushuntirish berilgan.
Chat-botning qanday imkoniyatlari bor?
▫️Davlat xizmatlaridan foydalanish tartiblari, talablar va jarayonlar haqida batafsil ma’lumotni taqdim etadi.
▫️Kerakli hujjatlar va arizalarni topishga yordamlashadi.
▫️Qaysi masala bo‘yicha qayerga murojaat qilishni tushuntiradi.
Kelajakda chat-botning funksional imkoniyatlari va faoliyat doirasini kengaytirish ko‘zda tutilgan.
Chat-botning afzalliklari
✔️ Oson va qulay — hujjatlarni varaqlab chiqish shart emas, barcha zarur ma’lumotlar bir joyda.
✔️ Tezkor va samarali — bot sizga kerakli maslahat va javoblarni bir zumda taqdim etadi.
✔️ Doimiy takomillashish — sun’iy intellekt foydalanuvchilar taklif va fikrlari asosida rivojlanib boradi.
Mavzuga oid

20:20
Open AI asoschisi ko‘z gavhari orqali shaxsni tasdiqlaydigan loyihani ishga tushirdi

21:02 / 28.04.2025
Avstraliyadagi radiostansiya yarim yil davomida SI-boshlovchidan foydalanib kelgani ma’lum bo‘ldi

22:14 / 24.04.2025
Amerikalik ayol ChatGPT yordamida o‘zida saraton borligini aniqladi

12:30 / 22.04.2025