O‘zbekiston 154 ta mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi
2025 yilning yanvar oyida O‘zbekiston jahonning 154 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib, tashqi savdo aylanmasi hajmini 4,5 mlrd AQSh dollariga yetkazgan.
Statistika agentligi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, tashqi savdo aylanmasi hajmi 2024 yilning mos davri bilan solishtirilganda 297,2 mlrd AQSh dollariga yoki 7,5 foizga oshgan.
Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (22,1 foiz), Rossiya (17,7 foiz), Qozog‘iston (7 foiz), Turkiya (4,7 foiz) va Koreya Respublikasida (3,8 foiz) qayd etilgan.
Tashqi savdo aylanmasida eksport 1,3 mlrd dollarni, import 3,2 mlrd dollarni tashkil qildi.
Mavzuga oid

19:32 / 19.04.2025
Toshkent metrosi kuniga o‘rtacha 780 ming yo‘lovchi tashiyapti

09:20 / 18.04.2025
Tramp YeI bilan savdo kelishuviga erishishiga «100 foiz» ishonch bildirdi

19:31 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?

14:48 / 14.04.2025