Qashqadaryoda ma’muriy jarimadan jahli chiqqan haydovchi YPX mashinasining oynalarini sindirdi
Sud qonunbuzar haydovchiga 7 sutka qamoq jazosi tayinlagan.

Foto: Videodan kadr
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ma’muriy jarimadan jahli chiqqan haydovchi YPX mashinasining oynalarini sindirdi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, hodisa 2025 yil 9 fevral kuni sodir bo‘lgan. Shahrisabz shahri Bo‘ston mahallasida hududida xizmat vazifasini olib borayotgan YHXB xodimlari davlat raqami bo‘lmagan mototransport vositasini to‘xtab turish mumkin bo‘lmagan joyda turgani uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirishgan.
Shunda bundan jahli chiqqan haydovchi mototransport yukxonasida bo‘lgan lopatkani olgan va YHXB xodimlari foydangan “Lasetti” xizmat mashinasining old va orqa oynalarini sindirgan.
“Renessans TV” telekanalining “Ovoza” informatsion dasturida berilgan lavhada aytilishicha, holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilib, to‘plangan hujjatlar sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudida qonunbuzar haydovchiga 7 sutka qamoq jazosi tayinlangan.
Mavzuga oid

00:24 / 29.04.2025
Toshkentda Malibu YPX xodimini sudrab ketdi, Tracker esa chorrahani tartibga solayotgan inspektorni urib yubordi

22:40 / 28.04.2025
Buxoroda YPX inspektorini obro‘sizlantirishga uringan haydovchi 7 sutkaga qamaldi

12:46 / 28.04.2025
Jarima ballarini hisoblash 1 maydan boshlanmaydi

15:27 / 15.04.2025