Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 1 aprelga qadar uzaytirildi
Mart oyida havo haroratining pasayishi va odatdagidan sovuqroq bo‘lishi kutilayotgani sababli imtiyoz muddati uzaytirildi.

Foto: Getty images
Tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 1 aprelga qadar uzaytirildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Qonunchilikka ko‘ra, 1 martdan boshlab isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 100 kubometrga tushirilishi belgilangan edi.
«Biroq, mart oyida havo haroratining pasayishi, ayrim kunlari tunda va kunduzi 0°C darajadan tushishi va odatdagidan sovuqroq bo‘lishi kutilmoqda. Aholi uchun qulaylik yaratish maqsadida, Davlatimiz rahbarining topshirig‘iga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kubometrlik bazaviy me’yor 2025 yil 1 apreliga qadar uzaytirildi», deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasi qaroriga ko‘ra, imtiyozli davrda (noyabr-fevral oylari) aholi tabiiy gaz uchun quyidagi shkala bo‘yicha to‘lov qilishi belgilangan:
- oyiga 500 kub metrgacha — 650 so‘m;
- oyiga 501 kub metrdan 2 500 kub metrgacha — 1500 so‘m;
- oyiga 2 501 kub metrdan 5 000 kub metrgacha — 1950 so‘m;
- oyiga 5 001 kub metrdan 10 000 kub metrgacha — 2275 so‘m;
- oyiga 10 001 kub metr va undan yuqori — 2600 so‘m.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida imtiyozli davr oktabr – fevral oylari hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp AQSh Suriyaga qarshi sanksiyalarini bekor qilishini aytdi
Jahon | 23:45 / 13.05.2025
-
Xitoyda yo‘lovchi toza havodan nafas olish uchun samolyotning avariyaviy eshigini ochib yubordi
Jahon | 23:29 / 13.05.2025
-
12 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:46 / 13.05.2025
-
O‘zbekistonda binolarning zilzilaga bardoshliligi xorijiy mutaxassislar jalb qilingan holda o‘rganiladi
O‘zbekiston | 22:38 / 13.05.2025
Mavzuga oid

20:38 / 24.04.2025
Qaysi to‘lovlarni to‘liq naqdsiz shaklga o‘tkazish masalasi muhokama qilindi

21:26 / 16.02.2025
O‘zbekistonda ikki yarim oyda 327 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy fodalanildi

16:35 / 29.01.2025
Andijon tumanida kitob o‘qigan ayollarga kommunal to‘lovlar to‘lab beriladi

19:06 / 04.01.2025