Qurilishda havoni muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik belgilandi
Qurilish maydoni, unga tutash bo‘lgan hudud hamda chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalari havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalar yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish mansabdor shaxslarga 3 mln 750 ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Foto: RIA Novosti
Yangi imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muhofaza qilish talablariga rioya etmaganlik uchun javobgarlikni belgilovchi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.
Bunda, o‘lchami besh yuz kvadrat metr va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonida, unga tutash bo‘lgan hududda hamda undan chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etishga doir majburiy talablarni buzish yoxud ushbu hududlarda ifloslantiruvchi moddalarning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlardan ortiq darajada atmosfera havosiga chiqarilishiga yo‘l qo‘yish mansabdor shaxslarga BHMning 10 baravari (3 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa mansabdor shaxslarga BHMning 50 baravari (18 mln 750 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid

12:30 / 08.06.2025
Toshkentdagi mahalla ichida 5 qavatli mehmonxona qurilishi mumkin. Aholi bunga qarshi chiqmoqda

17:07 / 05.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat

00:44 / 04.06.2025
Rossiyada o‘zbekistonlik ishchining boshiga ichida sement bo‘lgan chelak tashlab yuborildi

14:30 / 27.05.2025