«Diplomatik xizmat a’lochisi» va «Diplomatik xizmat fidoyisi» ko‘krak nishonlari ta’sis etildi
Ko‘krak nishonlari 1 sentabrda tashqi ishlar vaziri yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa rahbarlar tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan «Diplomatik xizmat a’lochisi» va «Diplomatik xizmat fidoyisi» ko‘krak nishonlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
«Diplomatik xizmat a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan O‘zbekistonning xalqaro maydondagi milliy manfaatlarini himoya qilish va mamlakat obro‘sini oshirish hamda davlatning tashqi siyosiy va iqtisodiy manfaatlarini samarali ilgari surish borasidagi vazifalarni vatanparvarlik ruhida, sidqidildan va namunali tarzda bajarayotgan Tashqi ishlar vazirligi tizimidagi hamda boshqa vazirlik va idoralar xodimlari taqdirlanadi.
Ushbu unvonga sazovor bo‘lgan shaxslarga shuningdek, BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.
«Diplomatik xizmat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan esa O‘zbekistonning xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlarini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shgan xorijiy fuqarolar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va O‘zbekiston fuqarolari, shu jumladan xorijda doimiy yashayotgan vatandoshlar taqdirlanadi.
«Diplomatik xizmat fidoyisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga esdalik sovg‘alari topshiriladi.
Ko‘krak nishonlari 1 sentabr – Mustaqillik bayrami arafasida – tashqi ishlar vaziri yoki uning topshirig‘iga muvofiq boshqa rahbarlar tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2025 yil 19 martdan yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

23:15 / 26.04.2025
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti

21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi

23:31 / 15.04.2025
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi O‘zbekiston fuqarolarini doimo himoya qilib kelgan - TIV vakili

19:04 / 15.04.2025