Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil Rafahda janglarni qayta boshladi
Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidagi Misr bilan chegaradosh Rafah shahrida quruqlikdagi operatsiyani boshladi. Hamaschilar Isroilni sulhni bir tomonlama to‘xtatishda aybladi.

Foto: AP
Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) G‘azo sektorida bir kun avval boshlangan quruqlikdagi operatsiya hududini ushbu chiziqning janubiy qismida, Misr bilan chegara yaqinidagi Rafah shahrigacha kengaytirdi. Bu haqda TSAHAL Telegram-kanalida 20 mart, payshanba kuni ma’lum qilindi.
«So‘nggi bir necha soat ichida Isroil mudofaa kuchlari Rafahning Shabur hududida quruqlikdagi operatsiyani boshladi», — dedi harbiylar. Ular «bir vaqtning o‘zida G‘azoning shimoliy va markaziy qismida quruqlikdagi operatsiyalarni davom ettirayotganini» qo‘shimcha qildi. TSAHAL shuningdek, G‘azo sektoridagi jangchilar pozitsiyalariga aviazarba berganini tasdiqlab, o‘z maqsadini «terrorchilar infratuzilmasini yo‘q qilish» deb atadi.
TSAHAL shuningdek, G‘azoda Hamas guruhi ichki xavfsizlik xizmati rahbari Rashid Jajuh o‘ldirilgani haqida xabar berdi. U bu lavozimda 2024 yilning iyulidan beri ishlab kelmoqda. Uning o‘tmishdoshi Sami Ude ham o‘ldirilgan.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oxirgi kunlarda Isroil havo hujumlari va janglarda 530 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.
Husiychilar Isroilga aloqador kemalarga yangi hujumlar bilan tahdid qildi
Yamanda husiychilar Isroilga G‘azo sektoriga gumanitar yordam yetkazish uchun bergan muddat tugaganidan keyin Isroil bilan bog‘liq kemalarga hujumlarni qayta boshlash bilan tahdid qilishdi. Bu haqda 12 mart kuni AFP agentligi yozgan.
Agentlik tomonidan keltirilgan isyonchilar bayonotida ular Qizil va Arab dengizlari, Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi va Adan ko‘rfazida «barcha Isroil kemalarining o‘tishiga taqiq»ni yangilash niyatida ekani aytiladi.
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv – Muslim friendly formatida dam olish uchun ideal tanlov
Jamiyat | 19:00 / 25.07.2025
-
Andijondagi fabrika oqova suvlari bilan kanalni ifloslantirdi
Jamiyat | 23:09 / 26.07.2025
-
iPhone va avtosug‘urtada yangi narxlar, Navoiyda qalin smog - hafta dayjesti
O‘zbekiston | 22:40 / 26.07.2025
-
Yaponiya ayollarning umr ko‘rish davomiyligi bo‘yicha navbatdagi rekordni o‘rnatdi
Jahon | 22:38 / 26.07.2025
Mavzuga oid

07:36 / 25.07.2025
111 gumanitar tashkilot G‘azoga yordam yetkazilishini talab qilmoqda

00:46 / 25.07.2025
AQSh Isroil–Hamas muzokaralaridan chiqdi

20:17 / 24.07.2025
HAMAS G‘azo bo‘yicha kelishuvning joriy matnini rad etdi va tuzatishlarni taklif qildi

22:44 / 23.07.2025