Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi
Sharof Rashidov tumanida Gentra haydovchisi mashinasiga yoqilg‘i quyib, bak qopqog‘ini yopmagan zapravka xodimini kaltakladi. Jizzax viloyati IIBga ko‘ra, hozirda «zo‘ravonni javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda».

Foto: Videodan kadr
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida haydovchi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi xodimini kaltakladi, deya xabar bermoqda viloyat IIB.
Holat 25 mart kuni soat 14:00 atrofida sodir bo‘lgan. 37 yoshli haydovchi Gentra mashinasiga yoqilg‘i quyish maqsadida Pastki Suloqli mahallasida joylashgan AYoQShga kelib, benzin uchun to‘lov qilgan.
U yonilg‘ini o‘zi quya olmasligini aytganidan keyin 43 yoshli operator mashinaga yonilg‘i quygan. Shundan keyin esa haydovchi u bak qopqog‘ini yopmaganini ro‘kach qilib, janjal boshlagan.
So‘ngra yoqilg‘i quyish pistoletlarini uloqtirib, ishchiga hamla qilgan, uni urib tepib, tan jarohati yetkazgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilib, hozirda sud tibbiy ekspertiza tayinlangan.
«Zo‘ravonni javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda», deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

09:14 / 27.04.2025
Toshkentda yigit o‘ziga tanish qizni kaltakladi, maktablardan birida esa ikki o‘quvchi janjallashdi

07:35 / 26.04.2025
Jizzaxda 40 sotix yerni sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

08:35 / 25.04.2025
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

09:30 / 22.04.2025