Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izboskandagi portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan - FVV
Jami 10 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: FVV
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi masjid tahoratxonasida gaz portlashi oqibatida uch kishi halok bo‘lib, 10 kishi jarohatlangan. Bu haqda FVV matbuot xizmatining holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotida ma’lum qilindi.
«Bugun, 31 mart kuni soat 12:19 da Andijon viloyati, Izboskan tumani «Mirzo Ulug‘bek» MFY, Yangibozor ko‘chasida joylashgan masjid hududidagi tahoratxonada gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Andijon viloyati FVBga xabar qilingan.
Zudlik bilan aytilgan manzilga 2 ta qutqaruv otryadi va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Hodisa natijasida tahoratxona devor va tom konstruksiyalariga zarar yetgan, yong‘in sodir bo‘lmagan.
Chaqnash oqibatida 3 nafar fuqaro M.Abdullayev, J.Anvarov va B.Burxonov halok bo‘lgan, 10 nafar fuqaro G‘.Toyloqov, A.Abdirayimjonov, H.Zuhriddinov, I.Rahimov, M.Mamaturaimov, I.Shomurodov, K.Qosimov, U.Boltaboyev, M.Abdurahmonov va M.Boltaboyev tan jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan», deyiladi xabarda.
Voqea joyiga viloyat hokimi, FVB, IIB, MG, SSB, prokuratura va «Hududgazta’minot», tuman FVDqT xizmatlari kuch vositalari yetib borib, hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Hodisa sodir bo‘lgani xabar qilinganida vodiyda bo‘lib turgan Bosh vazir o‘rinbosari O.Ramatov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.Qudratxo‘jayev Izboskan tumaniga yetib borgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Dastlabki xabarlarda jarohatlanganlar soni 6 nafarligi aytilgan, keyinroq bu miqdor 9 nafarga yetgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

18:33 / 18.07.2025
Qo‘rqinchli manzara va alamli oqibatlar: Ko‘kdaladagi portlash tafsilotlari

20:53 / 16.07.2025
Qashqadaryoda «metan zapravka»dagi portlash oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

14:24 / 12.07.2025
Bloomberg: Ukraina Tyumen viloyatidagi gaz quvurini portlatib yubordi

14:15 / 10.07.2025