Sirdaryoda Siemens ishtirokida "yashil" logistika markazi tashkil etilishi mumkin
Mamlakatning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida Germaniyaning Stark Legal yuridik firmasi rahbari Ilyas Gyujlyuning O‘zbekistonga safari tashkil etildi.

Foto: "Dunyo" AA
Safar davomida Ilyas Gyujlyu O‘zbekiston hukumati va ishbilarmon doiralari vakillari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Tashqi ishlar vazirligida mehnat migratsiyasi va o‘zbek mutaxassislarini Germaniyada ishlashga tayyorlash bo‘yicha til markazini tashkil etish masalalarini muhokama qildi.
Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan Frankfurt-Mayn shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining vakolatxonasini ochish va o‘zbek mahsulotlarini Yevropa bozoriga olib chiqish istiqbollari xususida fikr almashildi.
Stark Legal yuridik firmasi rahbari Ilyas Gyujlyu Sirdaryo viloyatiga safari chog‘ida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda investitsiyaviy loyihalar, jumladan, Siemens kompaniyasi ishtirokida "yashil" logistika markazini tashkil etish masalalari muhokama qilindi. Loyiha har qanday iqlim sharoitida ishlaydigan quruq portni qurish va qayta tiklanadigan energiya manbalarini joriy etishni o‘z ichiga oladi.
Muzokaralar davomida hamkorlikni yanada rivojlantirish va tegishli memorandumlarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Mavzuga oid

11:15 / 05.06.2025
Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi

00:08 / 04.06.2025
Toshkentga 361 kg eshak go‘shtini olib ketayotgan Lacetti to‘xtatib qolindi

16:47 / 02.06.2025
Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston «Bahri Tojik» suv omboridan birgalikda foydalanadi

07:53 / 30.05.2025