Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 48 mlrd dollarga yetdi
2025 yilning 1 aprel holatiga O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 47,85 mlrd dollarga yetdi. Bu rekord ko‘rsatkichdir. Zaxiralarning keskin oshishiga jahon bozorida oltinning qimmatlashgani va o‘zining tarixiy maksimum narxlarini bir necha marotaba yangilagani asosiy omil bo‘ldi.

Foto: Getty Images
O‘zbekistonning rasmiy zaxira aktivlari 1 aprel holatiga 47,85 mlrd dollarni tashkil etib, 1 mart holatiga nisbatan 2,9 mlrd dollarga oshdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan hisobotda keltirib o‘tilgan.
O‘tgan oyda xorijiy valuta zaxiralari 883 mln dollarga oshdi — 9,53 mlrd dollardan 10,41 mlrd dollargacha. O‘z navbatida, zaxiralardagi oltinning fizik hajmi 12,2 mln troya unsiyadan 11,8 mln troya unsiyagacha kamaygan bo‘lsa-da, qiymati 34,8 mlrd dollardan 36,8 mlrd dollargacha oshgan. Bunga mart oyida oltin narxlari 9,6 foizga o‘sib, oy oxirida 1 troya unsiyasi uchun 3120 dollargacha yetgani sabab bo‘ldi.
Bundan tashqari, o‘tgan yildan Markaziy bank aktivlarni diversifikatsiya qilish doirasida xorijiy qimmatli qog‘ozlarni sotib olishni ham boshlagandi. Mart oyi yakuniga kelib zaxiradagi bunday qimmatli qog‘ozlar hajmi 203 mln dollarga yetgan.
Tavsiya etamiz
“Rossiya urushga chuqur kirib ketdi, undan chiqishi imkonsiz” - siyosatshunos
Jahon | 18:20 / 28.07.2025
Ukrainada siyosiy inqiroz. Nega bunday bo‘ldi va buyog‘iga nima bo‘ladi?
Jahon | 17:56 / 27.07.2025
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” kompaniyasi “Yoz, shoshma!” aksiyasini e’lon qiladi
O‘zbekiston | 09:00
-
Tramp qanday shartlarda Xitoyga borishi mumkinligini aytdi
Jahon | 22:56
-
Isroil G‘azodagi vaziyatni o‘nglamasa, Britaniya Falastin davlatini tan oladi
Jahon | 22:46
-
Sherali Jo‘rayev oliy maktabi, Samarqandda 7 tonna palov va Buloqboshidagi ekologik fojia – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 22:39
Mavzuga oid

18:58 / 07.12.2024
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari iyundan beri birinchi marta kamaydi

14:11 / 08.03.2023
Fevralda O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qariyb 2 milliard dollarga kamaydi

15:31 / 09.01.2023
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari ko‘paydi

19:54 / 18.01.2022