Bozorlar AQSh bojlarida 90 kunlik tanaffusga o‘sish bilan reaksiya bildirdi
AQSh moliya vazirining ta’kidlashicha, tariflarni joriy etishdagi pauza dastlab Tramp rejasining bir qismi bo‘lgan.

Foto: David Dee Delgado/Bloomberg/Getty Images
Amerika fond birjalaridagi eng yirik kompaniyalarning qimmatli qog‘ozlari narxi AQSh prezidenti Donald Trampning dunyoning aksariyat mamlakatlariga boj to‘lovlarini joriy etish haqidagi qarorini qayta ko‘rib chiqish haqidagi bayonotlariga keskin o‘sish bilan munosabatda bo‘ldi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, 9 aprel, chorshanbada kunning oxiriga kelib, AQShda fond birjalarining yopilish indekslari 7-12 foizgacha ko‘tarilgan.
Shunday qilib, Nyu-York fond birjasi indeksi 7,04 foizga oshdi. Yuqori texnologiyali aksiyalarni ro‘yxatga oluvchi Nasdaq fond birjasi 12,16 foizga o‘sdi. O‘sish sanoat sektorida ham ko‘rindi, Dow Jones indeksi 7,87 foizga ko‘tarilgan. Va eng katta kapitallashuvga ega kompaniyalarni ifodalovchi S&P 500 bozor indeksiga 9,52 foiz qo‘shildi.
Indekslarning o‘sishi ko‘p yillar davomida rekord darajada bo‘ldi. S&P 500 2008 yilning oktyabr oyidan beri bunday kunlik ko‘rsatkichni qayd etmagan, Nasdaq esa 2001 yil yanvaridan beri bunday ko‘rsatkichni ko‘rmagan, deb xabar beradi CNN.
Shu fonda Amerikaning Brent markali neftining fyucherslari ham barreliga 62,86 dollardan 65,71 dollargacha ko‘tarildi. Kriptovaluta bozorlari ham yashil rangga aylandi — masalan, bitkoyn kursi kun boshidan buyon 9,37 foizga o‘sdi.
Mavzuga oid

21:55 / 13.06.2025
Isroilning Eronga hujumidan keyin AQSh harbiy kemalarini Yaqin Sharqqa yubordi

21:42 / 13.06.2025
Isroil hujumdan oldin Eron qo‘mondonligi a’zolarini aldab bir joyga yig‘di – OAV

16:47 / 13.06.2025
Hali kech emas – Tramp Eronni yadroviy bitim tuzishga chaqirdi

13:59 / 13.06.2025