Transport vazirligi Qozog‘iston orqali harakatlanayotgan haydovchilarni ogohlantirdi
Haydovchilar yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirildi.

Foto: Migratsiya agentligi
Transport vazirligi Qozog‘iston orqali tranzit harakatlanayotgan o‘zbekistonlik haydovchilarga murojaat qildi.
Qayd qilinishicha, O‘zbekiston fuqarolari Qozog‘iston hududiga kirishda taqiq borligi sababli muammolarga duch kelmoqda. Qozog‘istonda yo‘l harakati qoidalarini buzganligi uchun ma’muriy chora ko‘rilgan va jarima belgilangan, ammo jarimani to‘lamagan haydovchilarga nisbatan taqiq qo‘yilgan.
Ular Qozog‘istonning «Kaspi bank» onlayn tizimi orqali jarimani to‘lagandan so‘ng, taqiqni olib tashlash bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Transport vazirligi haydovchilarni yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.
Mavzuga oid

16:25
Qozog‘istonda ham ilk AESni “Rosatom” quradigan bo‘ldi

16:54 / 12.06.2025
Qozog‘iston aholisi Starlink internetiga ulanish imkoniyatiga ega bo‘ldi

10:03 / 12.06.2025
Endi hamma faqat o‘z hududida taksichilik qiladi, bu rasman tasdiqlandi

13:22 / 11.06.2025