Tramp Rossiya kemalarini AQSh portlarida qabul qilishga taqiqni uzaytirdi
Donald Trampning buyrug‘iga ko‘ra, Rossiya bilan bog‘langan kemalarni Amerika portlariga qabul qilishga taqiq yana bir yilga uzaytirildi.

Foto: Anna Moneymaker/Getty Images
AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya bayrog‘i ostida suzuvchi yoki boshqa yo‘l bilan Rossiya Federatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan kemalarni Amerika portlarida qabul qilishga taqiqni bir yilga uzaytirdi. Bu haqda 16 aprel, chorshanba kuni AQSh federal reyestrida e’lon qilingan farmonda aytiladi.
Taqiq birinchi marta 2022 yil aprel oyida AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden tomonidan kiritilgan edi. Tramp imzolagan farmonda Rossiya hukumatining siyosati va harakatlari AQSh milliy xavfsizligiga tahdid solishda davom etayotgani aytiladi.
2022 yilda Jo Bayden bu taqiq «Rossiyani xalqaro iqtisodiy tizimning o‘tmishdagi afzalliklaridan mahrum etishini» aytdi.
Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi uchun joriy etilgan Amerika sanksiyalari kuchayishi fonida Rossiya budjeti neft va gazdan tushgan daromadlarning deyarli 20 foizini yo‘qotdi, deb yozadi 5 mart kuni The Moscow Times rus xizmati Rossiya Moliya vazirligi ma’lumotlariga tayanib. Nashr tushuntirganidek, bosim kuchayganligi sababli neft kompaniyalari o‘z mahsulotlariga chegirmalarni oshirishga majbur bo‘lmoqda va bu federal budjetning xomashyo daromadlariga ta’sir qildi.
Mavzuga oid

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

08:59 / 26.04.2025
Rossiyada IIV migrant bolalarning ta’lim ma’lumotlariga ega bo‘ladi

19:49 / 25.04.2025
Rossiyada mushkul ahvolda qolgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

13:33 / 25.04.2025