Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar yanada qo‘llab-quvvatlanadi
«O‘zbekzargarsanoati» uyushmasining a’zolari bo‘lgan yakka tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.

Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, 2024 yil 1 sentabrdan 2027 yil 1 sentabrgacha «Hunarmand» uyushmasining a’zolari uchun belgilangan soliq imtiyozlarining zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadigan va «O‘zbekzargarsanoati» uyushmasining a’zolari bo‘lgan yakka tadbirkorlarga nisbatan ham tatbiq etilishi belgilandi.
Shuningdek, mazkur yakka tadbirkorlar ishlab chiqarishda foydalaniladigan ko‘chmas mulk obektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk solig‘i va yer solig‘idan ozod etiladi.
«Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida»gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, affinaj korxonalari qo‘shimcha ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tmay quyidagi huquqlarga ham ega bo‘lishi ko‘zda tutildi:
- zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni qulay shakllar va hajmlarga keltirgan holda realizatsiya qilish;
- qimmatbaho metallardan suvenir tangalarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish.
Bundan tashqari, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar o‘zlari qimmatbaho metallardan yasagan zargarlik buyumlarining yarim tayyor mahsulotlarini boshqa zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga realizatsiya qilish huquqiga egaligi belgilandi.
Bunda yarimtayyor mahsulotlarni realizatsiya qilish qiymati zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan London qimmatbaho metallar bozori uyushmasining ertalabki fiksingi bahosidan va Markaziy bankning hisob-kitob amalga oshirilayotgan kundagi kursidan kam bo‘lmagan miqdorda mustaqil ravishda belgilanishi ko‘rsatib o‘tildi.
Tavsiya etamiz
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
«Oltin to‘p»ga da’vogarlar ro‘yxati e’lon qilindi
Sport | 16:40 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jyeki Chan kino san’atiga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Jamiyat | 00:53
-
Makron Netanyaxuning G‘azoni bosib olish rejasini falokat deb hisoblamoqda
Jahon | 00:36
-
Xitoylik olimlar kosmik chiqindilarni yo‘q qilish usulini topishdi
Fan-texnika | 00:18
-
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi
O‘zbekiston | 23:54 / 11.08.2025
Mavzuga oid

18:21 / 14.07.2025
Qozog‘istonda dunyodagi eng qimmat metall qazib olinadi

13:43 / 07.07.2025
Salkam 900 mln so‘mlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosi fosh etildi

13:44 / 02.07.2025
Zargarlik sohasini qo‘llab-quvvatlashga 100 mlrd so‘m ajratiladi

16:32 / 30.06.2025