Pentagon ayollar huquqlarini kengaytirish dasturini yopdi
AQSh mudofaa vaziri «Ayollar, tinchlik va xavfsizlik» dasturi yopilishini e’lon qildi. Unga ko‘ra, harbiy xizmatchilar ushbu dasturdan norozi.

Pit Hegset / Foto: Getty images
AQSh mudofaa vaziri Pit Hegset «Ayollar, tinchlik va xavfsizlik» (WPS) dasturi yopilishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu dastur qo‘mondonlarni ortiqcha yuklamoqda, harbiy xizmatchilar esa undan norozi.
«Bugun ertalab men faxr bilan «Ayollar, tinchlik va xavfsizlik» dasturini yakunladim… Shu kundan boshlab Mudofaa vazirligi qonun bilan talab qilingan minimal darajadagi WPS faoliyatini davom ettiradi va keyingi budjyetimiz doirasida ushbu dasturga barham berish uchun kurashadi», — deb yozadi Pit Hegset X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga.
Pentagon rahbarining qo‘shimcha qilishicha, bu dasturni faqat feministlar va so‘l faollar ilgari surmoqda. «Bu — Baydenning yana bir bahsli «ijtimoiy adolat» tashabbusi bo‘lib, qo‘mondonlarimiz va qo‘shinlarimizga ortiqcha yuk bo‘lmoqda hamda bizning asosiy vazifamiz — urush olib borishdan chalg‘ityapti», — deydi u.
«Ayollar, tinchlik va xavfsizlik» dasturi Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashining 2000 yilgi rezolyutsiyasiga asosida ishlab chiqilgan. Tashkilot rasmiy saytida qayd etilishicha, ushbu dastur ayollarning tinchlikni saqlashdagi ishtirokini tenglashtirish hamda harbiy mojarolar vaqtida gender asosidagi zo‘ravonliklarning oldini olishga qaratilgan. AQSh Mudofaa vazirligida bu dastur 2017 yilda, Donald Trampning birinchi prezidentlik muddati davrida ishga tushirilgan.
2025 yil yanvar oyida Donald Tramp «xilma-xillik, tenglik va inklyuzivlik» siyosati doirasida amal qilgan barcha dasturlarni tugatish to‘g‘risida farmon imzolagan edi. Ushbu dasturlarni amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar ishdan bo‘shatilgan.
Mavzuga oid

21:11 / 24.04.2025
«Demokratiyaning bo‘sh arsenali». Foreign Affairs AQSh Xitoy bilan urushga tayyor emasligi haqida maqola e’lon qildi

12:03 / 22.04.2025
Oq uy mudofaa vaziri Pit Hegset o‘rniga boshqa nomzodni qidirishni boshladi – OAV

19:41 / 18.04.2025
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda

21:39 / 17.04.2025